Katar (yun. katarrheo — oqib tushaman), kataral yalligʻlanish — shilliq pardalarning qizarishi, boʻrtishi va shilimshiqaralash koʻp suyuqmodda (ekssudat) chiqishi bilan kechadigan yalligʻlanish. Ekssudat tiniq (seroz), shilim-shiq, baʼzan yiring aralash boʻladi. K.ga, koʻpincha, infeksiya (yuqori na-fas yoʻllari va bronxlar katari) sa-bab boʻladi. Meʼda K. — gastrit, odatda, ovqatlanish maromining buzili-shi, ichkilik va tamakiga ruju qilish, zaharlanish va b. natijasida roʻy beradi. K.ning oʻtkir va surunkali xili farq qilinadi. Oʻtkir K.da yalliglanish oqibatida ajralayotgan suyuklik asta-sekin kamayib, bemor butunlay tuzalib ketadi. Oʻtkir K. vaqtidadavo-lanmasa, surunkali K.ga aylanada. Surunkali K. yillab davom etib, vaqt-vaqti bilan zoʻriqib turadi, bora-bora shilliq parda yupqa tortib (atrofiya) yoki, aksincha, qalinlashib (gipertrofiya), aʼzo funksiyasi buziladi. Masalan, meʼdaning surunkali katari (surunkali gastrit)da meʼda shirasi ajralmay qoladi; bronxlar shilliq pardasi surunkali K. oqibatida oʻzgarib, nafas yoʻllari va oʻpkaning yalligʻlanishi kabi kasalliklarning avj olishiga imkon tugiladi. Kasallikning oldini olishda sovqotishdan oʻzni ehtiyot qilish, organizmni chiniqtirish, za-rarli odatlardan cheklanish muhim. Davo qaysi aʼzo kasallanganligiga qarab buyuriladi.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil