Kauzalgiya (yun. kausus — achishuv, lovillashuv va algos — ogʻriq) — periferik nerv tolalari jarohatlanganda (xususan, oʻtkir narsa bilan qisman kesilgandan soʻng) chidab boʻlmaydigan darajada azob beruvchi ogʻriq. Ogʻriq zoʻridan kishi kechayu-kunduz tinim bilmaydi, jarohatlangan aʼzosini avaylab, oʻzini qoʻyarga joy topolmay bezovtalanadi. Oʻqtekkan jarohat (mas, quymich nervi va uning oyokdagi tarmoqlari, oʻrtalik nerv bilan tirsak nervining qoʻldagi tarmoqlari) chandiq-lanib bitganda, nevroma vujudga kelganda kuzatiladi. Shikastlangan qoʻl yoki oyoqning tomirdan oziqlanish faoliyatining izdan chiqishi bilan kechadi. D a v o s i . Ogʻriq qoldiruvchi dorilar, ganglioblokatorlar, shuningdek, fizioterapevtik muolajalar buyuriladi; bular naf bermasa, jarrohlik usuli qoʻllaniladi.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil