Jumatoy Jummiyevich Kazakov (1938.15.7, Beruniy tumani) — Oʻzbekiston Respublikasi xalq oʻqituvchisi (1995). Chorjoʻy pedagogika institutini tugatgan (1969). 1969-yildan Beruniy tumanidagi 15-, 1974—97 yillarda 39-maktabda turkman tili va adabiyoti oʻqituvchisi. Darslarni yangi pedagogik texnologiya asosida koʻrgazmali qurollar vositasida oʻtgan.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil