„ Kelurnoma“- 17-asrda yozilgan turkiy-forsiy lugʻat. Lugʻat muallifi Muhammad Yoqub Chingiydir. Muhammad Yoqub Chingiy Hindistonda yurtga egalik qilgan boburiy xonlardan oxirgisi Abu Muzaffar Muhiddin Avrangzeb oʻrdasida xizmatda boʻlgan edi. U oʻzining „ Kelurnoma “ asarini xonning buyrugʻi bilan yozgan. Fanda „ Kelurnoma “ ning ikkita qoʻlyozmasi maʼlum: biri Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Sharqshunoslik institutida 5052-raqam ostida, ikkinchisi esa Britaniya muzeyida saqlanadi. Kitob oʻn besh bobdan tuzilgan; har qaysi bob oʻz ichida fasllarga boʻlinadi. Shundan oʻn toʻrt bobi feʼllarga bagʻishlangan. Ularda 400 dan ortiq turkiy feʼl shakllari berilgan. Feʼllar masdar shaklida (-maq afiksi bilan), shuningdek, oʻtgan, hozirgi-kelasi hamda kelasi zamonda, boʻlishli va boʻlishsiz koʻrinishlarida berilib, har qaysisi forschaga tarjima qilingan: uyqulamaq-xābidan, uyquladï-xābid, uyqulaptur-xābida ast, uyqulayur-xāhad xābid, uyqulabdi-xābida bud, uyqulaydur-mixābad, uyqulamadi-naxābid, uyqulamaptur-naxābida ast, uyqulamas-naxähad xābid, uyqulamabdi-naxābida bud, uyqulamaydur-namixābad, uyqula-baxāb, uyqulama-maxāb, uyqular-biz-mixābim mā,uyqulamas-biz-namixābim mā singari. Boblar alifbo sirasidagi harflar bilan boshlanuvchi feʼllarga atalagan; birinchi bob-alif harfi bilan boshlanuvchilar, ikkinchi bob-, uchinchi bob- shu ketma-ketlikda oʻn toʻrtinchi bob bilan boshlanuvchi soʻzlarga boʻlinadi. Har qaysi bob oʻz ichida fasllarga ajraladi. Masalan, uchinchi- harflilar bobining birinchi fasli tanïmaq, ikkinchi fasli tanmaq, uchinchi fasli tonamaq, toʻrtinchi fasli tïnmaq feʼlining oʻtgan, hozirgi-kelasi hamda kelasi zamonda, boʻlishli va boʻlishsiz shakllari quyidagicha: tanïmaq, tanïdï, tanïptur, taïr, tanï, tanïma, yanïr-biz, tanïmas-biz. Lugʻatning soʻnggi-oʻn beshinchi bobi ismlarga atalgan boʻlib, ular maʼnosiga koʻra guruhlashtirib chiqilgan. Bu bob toʻqqiz fasldan iboat. Masalan, birinchi fasl-koʻk va unga oid narsalar, ikkinchisi-yer va unda joylashgannarsalar, shunday krtma-ketlikda oxirgi fasl olmosh, yordamchi soʻz va qoʻshimchalar haqida. [1] [2]

  1. Sodiqov, Qosimjon. Muhammad Yoqub Chingiyning "Kelurnoma" asari. Toshkent: "Akademnashr", 2021 — 113-114-bet. 
  2. Xasanov, Botirbek. {{{title}}}, Toshkent, 1989.