Kenja Hushimovich Toʻrayev (1989-yil 1-mart, Chiroqchi, OʻzSSR, SSSR) — oʻzbek futbolchisi, sobiq professional hujumchi[1]. Oʻzbekiston terma jamoasida oʻynagan.

Kenja Toʻrayev
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Kenja Hushimovich Toʻrayev
Tavallud sanasi 1-mart 1989-yil
Tavallud joyi Chiroqchi,
Qashqadaryo Viloyati,
Oʻzbekiston SSR
Boʻyi 1,84 m
Ampluasi Hujumchi
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2006–2016 Nasaf 112 (24)
2016 Shoʻrtan 7 (1)
2016–2017 Mashʼal 12 (2)
Milliy terma jamoa
2007–2009 Oʻzbekiston U20 8 (2)
2012 Oʻzbekiston 4 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Futbolchilik faoliyati tahrir

To‘raev „Nasaf“ safida O‘zbekiston oliy ligasida 2006-yilda o‘ynagan. Jamoada oʻtkazgan oʻn yil davomida, 2011-yilda OFK kubogi va 2015-yilda Oʻzbekiston kubogi sohibi boʻldi. 2012-yilning yanvar oyida OAV vakillari oʻrtasida oʻtkazilgan soʻrovnomada Toʻraev Oʻzbekistonda oyning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan edi.[2] 2016-yilgi mavsum boshida Toʻraev klubini oʻzgartirib, Gʻuzor shahridan „Shoʻrtan“ ga koʻchib oʻtdi. U erda u bor-yoʻgʻi olti oy oʻtkazdi va iyul oyi boshida erkin agentga aylandi.[3] SHundan soʻng Toʻraev bir muddat „Olmaliq“ futbolchilari bilan mashgʻulot oʻtkazdi, ammo yakunda „Mashal“ klubi futbolchisiga aylandi.[4]

Milliy terma jamoadagi faoliyati tahrir

2008-yilda Toʻraev Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasining Osiyo chempionati uchun arizasiga kiritilgan.[5] Yoshlar oʻrtasidagi Osiyo chempionatida Kumush medallarni qoʻlga kiritgan. 2010-2011-yillarda Toʻraev 2012-yilgi yozgi Olimpiada oʻyinlari saralash turnirida ishtirok etgan Oʻzbekiston olimpiya terma jamoasida ishtirok etgan[6].

2008-yilning 11-oktyabr kuni Toʻraev Oʻzbekiston milliy terma jamoasida Janubiy Koreya terma jamoasi bilan oʻrtoqlik uchrashuvida debyut qilgan. Ammo bu oʻyin FIFA tomonidan norasmiy deb tan olingan. Futbolchining terma jamoadagi rasmiy debyuti 2012-yil 17-yanvar kuni Quvayt terma jamoasi bilan oʻrtoqlik uchrashuvida boʻlib oʻtdi. Umuman olganda, Toʻraev terma jamoa safida ikkita rasmiy va ikkita norasmiy oʻyin oʻtkazgan.[7]

Yutuqlari tahrir

  • Yoshlar oʻrtasidago Osiyo chempionatida 2-oʻrin: 2008

Manbalar tahrir

  1. „Осиё вице-чемпиони, "Насаф"да порлаган Кенжа Тўраев ҳозир қаерда?“ (2024-yil 15-fevral).
  2. „Кенжа Тураев объявлен лучшим футболистом января“. UzReport.uz (2012-yil 9-fevral). 2017-yil 27-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 27-fevral.
  3. „Кенжа Тураев покинул "Шуртан"“. championat.asia (2016-yil 4-iyul). 2017-yil 28-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 27-fevral.
  4. „Кенжа Тураев подписал контракт с "Машъалом"“. championat.asia (2016-yil 26-iyul). 2017-yil 27-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 27-fevral.
  5. „Состав молодежной сборной на чемпионате Азии“ (deadlink). UzReport.uz (2008-yil 1-noyabr). 2017-yil 28-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 27-fevral.
  6. „Олимпийцы начали подготовку к Гонконгу“. UzDaily.uz (2011-yil 13-iyun). 2017-yil 27-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 27-fevral.
  7. „Kenja Torayev“ (en). National Football Teams. 2017-yil 27-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 27-fevral.

Havolalar tahrir