Kerry Bishé

amerikalik aktrisa

Kerry Lynne Bishé (talaffuzi: Kerri Lin Bishe; 1984-yil 1-mayda tugʻilgan) — Yangi Zelandiyada tavallud topgan amerikalik aktrisa. AMC kanalida uzatilgan Halt and Catch Fire teleserialidagi Donna Clark roli bilan tanilgan. Bishé ABC telekanalida efir yuzini koʻrgan tibbiyotga aloqador Scrubs televizion serialining soʻnggi mavsumida bosh/hikoyachi rolini ijro etadi. Aktrisa, shuningdek, 2012-yilda „Argo“ dramatik filmida ham rol oʻynagan.

Kerry Bishé
Fayl:Kerry Bishé.jpg
Tavalludi
Kerry Lynne Bishé

1-may 1984-yil (1984-05-01) (39 yosh)
Fuqaroligi AQSh va Yangi Zelandiya
Kasbi Aktrisa
Faoliyat yillari 2007-hozirgacha
Bolalari 1 nafar

Yoshligi tahrir

Bishé Yangi Zelandiyada tavallud topgan. U tugʻilgandan koʻp oʻtmay, oila AQShning New Jersey shtatidagi Glen Ridge shahri koʻchib oʻtadi[1]. Boʻlajak aktrisaning otasi Kenneth Bishé Montclair Kimberley akademiyasini tamomlagan hamda ijtimoiy fanlardan dars bergan[2]. Bishé Northwestern universitetida tahsil olgan.

Faoliyati tahrir

Bishé 2004-yilning yoz oyida Montana Shakespeare bilan professional gastrol safarida boʻlib, „Romeo va Juletta“ tragediyasida Julietta rolini ijro etadi. U, shuningdek, 2006-yilda Eugene OʻNeilning The Hairy Ape[3] va Roundabout spektakllarida hamda George Bernard Shawning „Pygmalion“ning sahna asarlarida ham ishtirok etgan[4].

Bishé ekrandagi debyutini 2007-yilda The Half Life of Mason Lake nomli kam byutjetli filmda Sarah Rosen rolida amalga oshirgan. Sex and the City va The Lucky Ones filmlarining birinchi moslashuvida qoʻshimcha rolni gavdalantiradi. Soʻngra, Understudy (2008) filmidagi kichik rolda, keyinchalik, Scrubs yulduzi Zach Braff rejissorligidagi Night Life telefilmida rol oʻynaydi. Ushbu asar Bishéni mashhur qilmaydi, ammo, uni Braff bilan tanishtiradi. Keyinchalik, aktrisa Zach bilan Scrubs filmida hamkorlikfa faoliyat olib boradi.

2009-yilda Bishé bir qator televizion rollarni oʻynagan: Life on Mars hamda „Royal Pains“ kabi teleseriallarning epizolarida turli tafsifdagi rollarni ijro etgan..

2014-yildan 2017-yilgacha Bishé AMC teleseriali " Halt and Catch Fireda Donna Clark rolini oʻynagan. Tasodifan, „Argo“ (2012) filmida u tasvirlagan obrazning turmush oʻrtogʻi rolini oʻzining hayotdagi turmush oʻrtogʻi Scoot McNairy tasvirlangan[5][6].

Shaxsiy hayoti tahrir

Bishé, hozirda, aktyor Chris Lowell bilan yaqin munosabatda. Er-xotinning bir nafar qiz farzandi bor[7].

Filmografiyasi tahrir

Filmlarda
Yil Sarlavha Rol Izohlar
2007 The Half Life of Mason Lake Sarah Rosen
2008 The Lucky Ones College Girl
2008 Sex and the City Twenty-Something Girl Dreaming
2008 The Understudy April
2009 Motherhood Good Sharing Mom
2010 Nice Guy Johnny Brooke
2010 Meskada Emily Cordin
2011 Red State Cheyenne
2011 Turkey Bowl Kerry
2011 Newlyweds Linda
2012 Argo Kathy Stafford Screen Actors Guild Award for Outstanding Performance by a Cast in a Motion Picture

Hollywood Film Festival Award for Best Ensemble of the Year

Nominatsiya—Phoenix Film Critics Society Award for Best Cast

Nominatsiya—San Diego Film Critics Society Award for Best Performance by an Ensemble
2012 The Fitzgerald Family Christmas Sharon
2013 Goodbye World Lily Palmer
2013 Grand Piano Emma Selznick
2013 Blue Highway Kerry
2016 Max Rose Annie Rose
2016 The Ticket Jessica
2016 Rupture Dianne
2018 How It Ends Meg
2020 The Evening Hour Lacy Cooper
2021 Happily Janet
Televizion rollari
Yil Sarlavha Rol Izohlar
2008 Night Life Violet TV Film
2009 Life on Mars Eve Flannery Epizod: „The Simple Secret of the Note of in Us All“
2009 Royal Pains Emma Newberg Epizod: „Strategic Planning“
2009 Virtuality Billie Kashmiri
2009-2010 Scrubs Lucy Bennett Bosh rol (9-mavsum)

13ta epizod
2011 Iceland Mackenzie
2014-2017 Halt and Catch Fire Donna Clark Bosh rol

40ta epizod
2015 Public Morals Sarah 2ta epizod
2016 Billions Elise Epizod: „Short Squeeze“
2017 Narcos Cristina Jurado 5ta epizod
2018 The Romanoffs Shelly Romanoff Epizod: „The Royal We“
2020 Amazing Stories Mary Ann Whitaker 1ta epizod (Epizod 05: „The.Rift“)
2020 Penny Dreadful: City of Angels Sister Molly Bosh rol

10ta epizod
2022 Super Pumped: The Battle for Uber Austin Geidt Bosh rol (1-mavsum)

7ta epizod

Manbalar tahrir

  1. „Kerry Bishé Continues Her Journey In Argo, The Star Ledger, September 28, 2012. Accessed January 7, 2018. „Bishé, 28, who grew up in Glen Ridge, plays a diplomat who poses as a set designer in the film based on the true story of the 1979 Iran hostage crisis, in which the CIA concocted a fake movie shoot to smuggle six American diplomats out of the country…. Bishé attended the Montclair Kimberley Academy, where her now-retired father was a beloved history teacher.“
  2. „Founder’s Cup“, The Montclair Kimberley Academy website
  3. Neil Genzlinger. Top-Deck Visitor Unnerves 'Beastʼ in the Belly of a Ship. The New York Times.
  4. Claire Danes Is Fair Lady in `Pygmalionʼ: John Simon by John Simon. Bloomberg
  5. Goldberg. „Kerry Bishe to Reteam With 'Argo' Co-Star in AMC's '80s Computer Drama“. The Hollywood Reporter (12-mart 2013-yil).
  6. ABBIE BERNSTEIN. „HALT AND CATCH FIRE: Stars Kerry Bishe and Scoot McNairy on Season 2 - Exclusive Interview - Assignment X Assignment X“. Assignmentx.com (5-iyul 2015-yil). — „It was just a happy coincidence.“.
  7. https://www.instagram.com/p/CRrKvGQtWNN/

Havolalar tahrir