Ketenlar — umumiy formulasi RR’C=C=O boʻlgan organiq birikmalar. Aldoketenlar ( R=H, R’ — organiq radikal) va ketoketenlarga (R va R’ — organiq radikallar) boʻlinadi. Ularning oddiy vakili — keten SN2=S=O gaz (suyuqlanish temperaturasi —134,6°, kaynash temperaturasi —41°). K. mineral kislotalar, metallorganiq birikmalar, spirtlar, karbon kislotalar, aminlar, merkaptanlar va suvni oson biriktirib oladi.

Sanoatda K. atseton va sirka kislotani 700—800° da piroliz qilib olinadi. K. kuchli atsetillovchi modda hisoblanadi.

Harakatchan vodorod atomini saqlagan birikmalar, jumladan, spirtlar, tiollar, aminlar kislotalar taʼsirida atsetillash mahsulotlarini hosil qiladi: mas, ROH+CH2=C=O^ROCOCH3Uning bu xossasidan atsetilsellyuloza i.ch.da foydalaniladi. K. organiq birikmalarni sintez qilishda, spirtlar, aminlar, ketonlarning yenol shakllarini atsetillovchi modda sifatida, shuningdek, organiq reagentlar, mas, ozopropenilatsetat, r-propiolakton, sirka angidrid, diketen olishda ham qoʻllaniladi.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil