Kichik burgut (lotincha: Hieraaetus pennatus) — qarchig’aylar oilasiga mansub yirtqich qush, mayda burgut, tuzilishi va o’lchami kanyuklarga yaqinroq. U Afrikaning shimoli-g’arbiy va  janubiy qismida va Yevrosiyoning iliq mo’tadil iqlimida uyalaydi. Rossiyada u Yevropa qismining janubida va Mo’g’ulistonga tutash Markaziy Sibir qismlarida yashaydi. Deyarli hamma joyda ko’chmanchi qush, Afrika va Janubiy Osiyo tropiklarida qishlaydi. Kichik qushlarni, kaltakesaklarni, ilonlarni, kemiruvchilarni ovlaydi. U o’rmonda yiliga bir marta daraxtlarga, odatda har bir bolalashda bir yoki ikkita tuxum qo’yadi.

Kichik burgut
Ilmiy tasniflashUshbu tasnifni tahrirlash
Olam: Hayvonlar
Tip: Xordalilar
Sinf: Qushlar
Oila: Qarchigʻaysimonlar
Urugʻ: Hieraaetus
Turlari: Kichik burgut
Xalqaro ilmiy nomi
Hieraaetus pennatus Gmelin, 1788

Tavsif tahrir

 
 

O’rta kattalikdagi patga boy yirtqich: uzunligi 45-53 sm, qanotlarini yoyganda 100-132 sm, vazni taxminan 500-1300 g[1]. Urg’ochilari erkaklarga nisbatan yirikroqdir, lekin  ular tus jihatidan ham bir-biridan farq qilmaydi. Dumining uchi yorqin va ko’ndalang chiziqlarsiz bo’ladi. Tumshug’i xuddi boshqa burgutlarniki kabi, nisbatan kalta, yaxshigina qayrilgan va qora rangga ega[2].

Tarqalishi tahrir

Farbiy Tyan-Shan , Farbiy Pomir-Oloy, Sirdaryo havzasi (uyalash); deyarli hamma hududlarda (uchib o’tish), Chirchiq vodiysi (nomuntazam qishlash). O’zbekistondan tashqarida: Qirg’iziston, Tojikiston, Qozog’iston, Janubiy Sibir , Mo’g’uliston (uyalash); Hindiston, Pokiston (qishlash). Yevropa, Afrika, G’arbiy va Janubi-sharqiy Osiyo va Avstraliyada – boshqa kenja turlari.

Soni tahrir

1950-yillargacha uchrashi odatiy edi. 1980-yillarda 20 ta atrofida uyalovchi jufti hisobga olingan (Nurota tog’ida – 14 ta, Turkiston, Zarafshon va Chotqol tog’larida esa – 2 tadan). Hozirgi vaqtda Chotqol tog’ida 6 juft, Quramada – 3-5, Piskomda – 2, Qoratepada – 2 juft uyalaydi. Qolgan hududlar bo’yicha yangi ma'lumotlar mavjud emas. So’nggi yillarda Toshkent botanika bog’ida 1-2 ta qishlaydigan qushlar ro’yxatga olingan. Dunyodagi populyatsiyasi 149-188 mingta, trendi noma'lum. Yevropa populyatsiyasi ko’payib bormoqda.

Hayot tarzi tahrir

Bahorgi uchib o’tishi – mart-aprel  oyida. Daraxtlarda in quradi; aprel -may oylarida 1-3 ta tuxum qo’yadi va 38 kun bosib yotadi; poloponlari avgustdan ucha boshlaydi. Kuzgi uchib o’tishi avgust – sentyabr  oylarida. Mayda va o’rtacha qushlar, kemiruvchilar va kaltakesaklar bilan oziqlanadi[3].

Manbalar tahrir

  1. Рябицев, С.123
  2. И. Х. Дворецкий. „Значение слова pennatus“. Латинско-русский словарь Дворецкого электронная версия). linguaeterna.com. 2019-yil 26-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 23-noyabr.
  3. КИЧИК БУРГУТ (Wayback Machine saytida 2022-08-10 sanasida arxivlangan) Redbook.uz