Kim Chae-Yon (2004-yil 4-dekabrda tugʻilgan), Chaeyeon nomi bilan mashhur, janubiy koreyalik qoʻshiqchi va aktrisa. Hozirda u „MODHAUS“ kompaniyasi ostidagi „tripleS“ qizlar guruhi aʼzosi. U shuningdek, Janubiy Koreyaning „CutieL“ va „Busters“ guruhining bosh vokalchisi sifatida sobiq aʼzosi. Kim aktrisalik faoliyatini 2008-yilda Janubiy Koreyaning „Scandal Makers“ filmida boshlagan.

Kim Chae-yeon
Tavalludi 4-dekabr 2004-yil (2004-12-04) (19 yosh)
Fuqaroligi Koreya Respublikasi
Kasbi
  • qoʻshiqchi
  • aktrisa
Faoliyat yillari 2008-hozirgacha

Faoliyati tahrir

2014-yilda Chaeyeon 2-avlod aʼzosi sifatida „CutieL“ bolalar guruhining aʼzosi boʻldi. 2017-yilda barcha 2-avlod aʼzolari guruhni tark etishdi.

„Monstergram“ telekanalida u „Busters“ guruhi aʼzosi ekanligi eʼlon qilingan[1]. U 2017-yil 27-noyabrda guruhning „Dream On“ yakkaxon albomi bilan debyut qilgan.[1] „Boni Hani“ telekoʼrsatuvidagi boshlovchilik pozitsiyasi sabab boʻlgan ziddiyatli holat tufayli guruhning „Paeonia“ qoʻshigʻida ishtirok etmadi[2]. 2020-yil 6-avgustda Chaeyeon aktrisalik va boshqa faoliyatlarini davom ettirish uchun guruhni tark etgan[3].

2022-yil 16-iyun kuni Chae-Yon „tripleS“ guruhi aʼzosi sifatida qayta debyut qilishi haqida xabar berilgan edi[4]. 2022-yil 22-iyunda Chae-Yon „tripleS“ning toʻrtinchi aʼzosi sifatida tanishtirildi.

2022-yil iyul oyida Chae-yon „Armored Saurus“ animatsion seriyasi uchun original saundtrekni kuylagan[5].

Kim „PENGTALK“, „Perfect Score“ „Math Plus“, „Knights Chronicles“ va „GS25“ kompaniyalari uchun reklama roliklarida ishtirok etgan. 2019-yilda u „Academy Sciences“ bilan hamkorlik qilib, bir kishilik oʻyinlarda oʻynashni xohlovchi bolalar uchun „Creating a Creator“ nomli oʻyinchoq mahsulotini chiqargan[6].

Manbalar tahrir