Kimyoviy reaktivlar, kimyoviy reagentlar — kimyoviy reaksiyalarni amalga oshirish uchun ishlatiladigan moddalar. Turlari: oʻta toza K.r.; kimyoviy toza K.r.; kimyoviy analiz uchun qoʻllanadigan toza K.r.; toza K.r., tozalangan K.r., texnik K.r. Tarkibiga koʻra, K.r., anorganiq, organiq va radioaktiv izotoplar bilan nishonlangan K.r.ga, ishlatilishiga koʻra, organiq — analitik reagentlar, kompleksonlar, fiksanallar, rN — indikatorlar va b.ga boʻlinadi. K.r. solingan idish yorligʻi yoki oʻralgan qogʻozga uning tozalik darajasi, ishlatilishi, qoʻshimchalar miqdori va saqlanish shart-sharoiti yozib qoʻyiladi. K.r.ning aksariyati zaqarli, tez alangalanadi, baʼzilari portlaydi. Shu sababli, K.r.ni ishlatishda va saqlashda tegishli qoidalarga rioya qilish zarur. Havoda tez buziladigan ayrim preparatlar vodorod yoki inert gaz toʻldirilgan germetik ampulalarda, baʼzilari kerosinda (mas, ishqoriy metallar — Na, K) saqlanadi.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil