Kindik, kindik tizimchasi — odam va platsentali sut emizuvchi hayvonlarda homilani ona organizmi bilan bogʻlab turadigan (platsenta orqali) tizimchasimon anatomik tuzilma, aʼzo; tarkibida qon tomirlar, allotois yoʻli va h.k. boʻladi. K. orqali homila — platsenta qon aylanishi roʻy beradi. Asosan, dirildoq toʻqimadan tuzilgan, undan ikki arteriya va bitta vena oʻtadi. Bola tugʻilgach, K. halqasi yaqinidan bogʻlab turib qirqiladi, uning qoldigʻi esa tez qurib, bola 5—7 kunligidayoq tushib ketadi. Tozalikka rioya qilinmasa, K. orqali infeksiya kirib, yara, kindik sepsisi va boshqa kasalliklar roʻy berishi mumkin. K. tezda bitmasa yoki chandigʻi notoʻgʻri shakllansa, vrach ga murojaat qilish kerak.[1]

Kindik

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil