Klinker (nemischa: Klinker ) — 1) aylanma pechlarda metallurgiya ishlab chiqarishda polimetall chiqindilarni qayta ishlash (qizdirib haydash) dan qolgan qiyin eriydigan qizib qovushgan massa; pyx ishlab chiqarishdagi oraliq mahsulot. Mis yoki qoʻrgʻoshin korxonalarida qayta ishlab K.dan mis, qoʻrgʻoshin va boshqa qimmatli aralashmalar ajratib olinadi; 2) qurilishda maxsus loy (klinker) dan gʻisht tarzida tayyorlanadigan material. Gʻisht tayyorlash texnologiyasiga oʻxshab tayyorlanadi. Sovuq va kislotaga chidamli. Yoʻllarga, sanoat binolarining pollariga yotqiziladi; 3) sement ishlab chiqarishda ohak bilan loy (yoki shlak) qovushmasidan iborat yarim mahsulot.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil