Klit (laqabi Qora) (? — miloddan avvalgi 328) — Iskandar Maqduniyning sarkardasi va doʻstlaridan biri. Graniq jangiga (miloddan avvalgi 334 yil) Iskandarni oʻlimdan saqlab qolgan. Baqtriya satrapi etib tayinlangan (miloddan avvalgi 329 yil). Iskandarning mahalliy axrlining yashash tarziga yaqinlashgani va shuning bilan birga sugʻdlarni makedoniyaliklarning urfodatlari bilan tanishtirishga intilishiga qaratilgan siyosatiga ochiq-oydin qarshi chiqqan. Klit Samarqandda tungi ziyofat vaqtida Iskandar tomonidan oʻldirilgan.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil