Klotssh gʻoʻzasi (Gossypium Klotzschianum Anderss) — yovvoyi gʻoʻza turi. Xromosomalar soni 2p=26, genomi D3_k, 1853-yilda kashf qilingan. Birinchi marta Anderson taʼriflab bergan. Vatani — Galapagos orollari. Orol qirgʻoqlaridagi toshloq yerlarda oʻsadi. K.gʻ. yumshoq, kalta tuklar bilan qoplangan koʻp yillik buta. Boʻyi 4 m cha, hosil shoxlari kalta, baʼzan qoʻshaloq boʻla-di, oʻsuv shoxlari kuchli rivojlangan. Koʻsagi 3 va 5 chanoqli, mayda, uzunchoq sharsimon, yuqoriga qarab toraygan, uchi toʻmtoq. Har bir chanogʻida 6 tadan chigiti bor. Chigitp mayda, kalta qoʻngʻir tuklar bilan qoplangan. Chigit qobigʻi qattiq, toshchigit. K.gʻ. qurgʻoqchilikka chidamli, qatʼiy fotodavriy oʻsimlik. Davidzon gʻoʻzasi bilan chatishib pushtli, Meksika fasi, peru gʻoʻzasi bilan puch chigitli, raymond gʻoʻzasi bilan bepusht duragay hosil qiladi.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil