Poliginiya (poli... va yun. gyne -xotin, koʻp xotinlilik) — asosan, patriarxatga xos boʻlgan nikoh shakli. Ayrim xalqlarda, koʻproq, musulmon xalqlarida saqlanib qolgan (qarang Haram). Baʼzan P. poligamiya (koʻp nikoxlilik) shaklida ham qoʻllaniladi. P. aslida guruxli nikohning qoldigʻidir, unda bir urugʻning barcha ayollari boshqa urugʻning barcha erkaklariga umumiy xotin hisoblangan. Keyinchalik davrlar oʻtishi bilan jamiyat ishlab chikaruvchi kuchlari va madaniy hayot yuksalishi tufayli bir nikohlik — monogamiyaga oʻtilgan.

Oʻzbekistonda 20-asrning 20-yillaridagi iqtisodiy-ijtimoiy va madaniy oʻzgarishlar natijasida ayollarning ijtimoiy mehnatga faol tortilishi, erkak va ayollarning amaldagi tengligi vujudga kelishi bilan xotinlarning erlarga iqtisodiy qaramligi yoʻq qilingan. Oʻzbekiston Respublikasida koʻp xotinli boʻlish qonun bilan jazolanadi (Oʻzbekiston Respublikasi JKning 126-moddasi).[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil