Ko'sem Sulton (usmonli: turkcha: Mâh-Peyker Kösem. 1590 — 1651 yil 2 sentyabr) — Usmonlilar imperiyasiningsultoni sulton Ahmad I ning ikkinchi yoki uchinchi xotini hamda sultonlar Murod IV va Ibrohim I ning onasi. O‘g‘illari hukmronligi davrida u Volida Sulton (Sultonning onasi) unvoniga ega bo‘lgan va Usmonlilar imperiyasining eng nufuzli ayollaridan biri bo‘lgan. Sulton Mehmed IV ning hukmronli yillarida sulton buvisi nomi bilan saltanat ishlarida bevosita qatnashgan va „buyuk Volida“ (sultonning buvisi) unvonini olgan. Umuman olganda, u taxminan 30 yil hokimiyat tepasida edi. Uning Ahmadga taʼsiri Mustafo I hayotini saqlab qolish va shu bilan Usmonli imperiyasida taxtga vorislik tartibini oʻzgartirish bilan bogʻliq. Turxon Sulton tarafdorlari tomonidan oʻldirilgan..