Abram Aronovich Kogan (1897.29.5, Moskva — 1982.2.7, Toshkent) — akusher-ginekolog. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan va texnika arbobi (1948), tibbiyot fanlari doktori (1939), professor (1940). Moskva universiteti tibbiyot fakultetini tugatgach (1924), shu fakultet akusherlikginekologiya kafedrasida ordinator (1924—27), aspirant (1927—30), Moskva viloyati rayon kasalxonasida, keyinchalik Moskva tez yordam institutida, 1-Moskva tibbiyot instituti va Butunittifoq eksperimental tibbiyot institutida turli lavozimlarda ishlagan (1930— 39), 1940-yildan Toshkent tibbiyot akademiyasi davolash fakulteti akusherlik-ginekologiya kafedrasi mudiri. Ilmiy ishlari akusherlik va ginekologiyaga oid.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil