Kollegium (lot. collegium — oʻrtoqlik, hamkorlik) — 16—18-asrlarda Gʻarbiy Yevropadagi yopiq oʻrta, baʼzan oliy oʻquv yurti. K., asosan, iyezuitlar tomonidan ochilgan. Unga faqat xukmron sinf bolalari qabul qilingan. K.da "etti erkin sanʼat" va ilohiyot oʻqitilgan, shuningdek, lotin va yunon tillari oʻrgatilgan, adabiyot, geogr. va tarix boʻyicha ayrim maʼlumotlar berilgan.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil