Kolorit (ital. colorito, lot. color — rang, boʻyoq) — tasviriy sanʼat asarlari (koʻpincha rangtasvir) voqelikni real va ifodali tasvirlashda ranglarning oʻzaro mutanosibligi. Voqelikni taʼsirli tasvirlash vositasining tarkibiy qismi boʻlgan K. asarning gʻoyasi, mazmuni, davri, uslubi hamda muallifning shaxsiga bogʻliq. Tarixda voqelik tasvirida mahalliy ranglar ozmi-koʻpmi cheklanib, ramziy ranglardan koʻproq foydalanish (oʻrta asrlar sanʼatida) va voqelikni barcha boʻyoklarda (uning rangi, tusy, nursoya va boshqalardan foydalanib) rangdor ifodalash anʼanasi shakllangan. K. ranglar uygʻunligiga koʻra, iliq (qizil, sariq, zargʻaldoq) yoki sovuq (koʻk, yashil, binafsha), sokin va jiddiy, yorugʻ yoki toʻq, rangdorligiga koʻra, yorqin, xira va boshqa boʻlishi mumkin. Ranglar uygʻunligi, uning toʻldirilishi va keskinligiga amal qilib, betakror va murakkab K. yaratiladi (Velaskes, Titsian, V.I. Surikov, I.Ye. Repin, Oʻzbekistonlik rassomlardan P. Benkov, Oʻ. Tansiqboyev, 3. Kovalevskaya, Ch. Ahmarov va boshqalarning asarlari).

Naqshlarda K. birorta rang (zangori, yashil, qizil, jigarrang va boshqalar)ning hukmronligiga asoslaniladi, qolgan ranglar unga boʻysundiriladi. Masalan, yashil rang muhitida barcha rang tuslari yashil rangga boʻysundiriladi.

Shuningdek, K. biror narsaning oʻziga xos tomonlari majmuini ham anglatadi. Mas, badiiy asarning oʻziga xos xususiyatlari (davr, milliylik va boshqalar).[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil