Komil Yormatov (1904.2.5, Konibodom — 1978.17.11, Toshkent) — oʻzbek kinorej., tojik kinosining asoschisi. Oʻzbekiston xalq artisti (1955), Tojikistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1939), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1943). Birinchi filmi — "Muhojir" (1934) Tojikiston kinostudiyasida suratga olingan (oʻzi ssenariy muallifi, rejissyor, bosh rol ijrochisi). "Faxriy huquq", "Uzoq chegarada", "Doʻstlar qayta uchrashganda" filmlari ham "Tojikfilm"da ishlangan. Bu filmlarda uning oʻziga xos uslubi, keskin dramatizmga intilishi, murakkab dekoratsiyalardan foydalanishi koʻzga tashlanadi. 1941 yildan "Oʻzbekfilm"ning badiiy rahbari. Urush yillari "Vatan sovgʻasi", "Front uchun konsert" singari konsertfilmlar, "Uyqusiz yillar" badiiy filmini yaratdi. "Alisher Navoiy" filmi (1947) rejissyor ga katta shuhrat keltirdi. Bir qancha oʻzbek filmlarida aktyor sifatida qatnashgan.

YO.ning har bir ijodiy bosqichi yangiyangi boʻyoklar bilan sayqallasha borib, yaratgan filmlari milliy kino oldida turgan aniq va muhim vazifalarni hal eta bordi. Zamonaviy mavzuda "Opa-singil Rahmonovalar", "Gullar ochilganda", tarixiy mavzuda "Abu Ali ibn Sino" kabi filmlari, "Paxtaoy" ertakfilmi kinofestivallarda I-darajali diplomlar bilan takdirlangan. 60-yillarda Yo. kinotrilogiya yaratib, oʻzbek kino sanʼatini yangi bosqichga koʻtardi. Afsona harakteridagi "Ikki dil dostoni" (1966; xalqaro kinofestivalning "Oltin Absora" mukofoti, 1968), oʻzbek shoirasi hayotiga bagʻishlangan "Nodirabegim", "Uzoq-yaqin yillar" (kinofestivalning maxsus sovrini, Riga, 1978) kabi filmlari ham shuhrat qozondi. "Kinossenariylar" (M. Melkumov bilan hamkorlikda) toʻplami, "Esdaliklar"i nashr etilgan. Oʻzbekiston Kinematografchilar uyushmasining kotibi (1958—78). "Oʻzbekfilm"ga Yo. nomli berilgan. Hamza nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1967).[1]

Adabiyot tahrir

  • Aliyev M., Komil Yormatov, T., 1960; Teshabayev Djura, Kamil Yarmatov, M., 1964; Teshabayev Djura, Schastye mastera, T., 1975.

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Havolalar tahrir