Komiljon Ahmadjonovich Zufarov (1925.01.05 - Toshkent - 2002.30.07) - gistolog olim, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademik (1968), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1968). Toshkent tibbiyot akademiyasi ni tugatgan (1951). Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, Andijon tibbiyot instituti gistologiya kafedrasi mudiri va fakultet dekani (1955—57), Oʻlka tibbiyot instituti va Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi yadro fizikasi institutida laboratoriya mudiri (1957—65), Toshkent tibbiyot akademiyasi rektori (1956—71), Oʻlka tibbiyot instituti direktori (1971—72). Oʻzbek sovet ensiklopediyasi bosh muharriri (1977— 86), "Fan va tur-mush" jurnal bosh muharriri (1988—1992). Toshkent tibbiyot akademiyasi gistologiya kafedrasi (1962-yildan) va biofizika laboratoriya (1966-yildan) mudiri. Asosiy ilmiy ishlari hujayralar ichida sekretsiya va soʻrilish jarayonlari hamda ularning boshqarilish mexanizmini oʻrganishga oid. Oʻzbekistonda birinchi boʻlib elektron mikroskopiya laboratoriya ga asos solgan. Ingichka ichakdan soʻrilgan ekzogen oqsillarning buyraklarda parchalanishi toʻgʻrisidagi ilmiy kashfiyot muallifi (1987). Beruniy nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1981).[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  • Ultrastrukturnie osnovi sistemnoy organizatsii organov i tkaney, T., 1983; Vliyaniye nekotorix ximicheskix faktorov vneshney sredi na deystviye lekarstvennix veshestv, metaboliziruyushixsya v pecheni, T., 1979; Gistologiya, T., 1991; Gistologiya (rukovodstvo), (hamkorlikda), Sankt-Peterburg, 2001.