Kononov Andrey Nikolayevich (1906.27.10, Peterburg — 1986.30.10, Leningrad) — turkiyshunos.

Kononov Andrey Nikolayevich
ruscha: Андре́й Никола́евич Ко́нонов
Tavalludi 1906-yil 14-oktabr
Vafoti 1986yil 30oktabr
Leningrad, Rossiya SFSR, SSSR
Fuqaroligi SSSR

Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1979), akademik (1974), filol. fanlari doktori (1948), professor (1950). Leningrad sharq tillari institutini tugatgan (1930), shu institutda oʻqituvchi (1932—38), professor (1950-yildan). Rossiya Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik institutining Leningrad boʻlimi direktori (1961-63).

Ikkinchi jahon urushi yillarida Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Til va adabiyot institutida, ayni vaqtda Oʻrta Osiyo universitetida ishlagan (1943—45).

K. tadqiqotlari turkiy tillarni oʻrganishga, sharqshunoslik tarixiga oid. U „Oʻzbek tili grammatikasi“ (1948, 1960), „Hozirgi oʻzbek adabiy tilida koʻmakchilar“ (1951), „Hozirgi turk adabiy tilining grammatikasi“ (1955), „Hozirgi oʻzbek adabiy tilining grammatikasi“ (1960) va boshqa ilmiy asarlarida oʻzbek adabiy tili masalalarini tadqiq etgan. „Mahbubul-qulub“ va „Shajarayi tarokima“ asarlarining yigʻma matnini tuzib, nashrga tayyorlagan. V. M. Jirmunskiy bilan hamkorlikda „Kitobi dadam Qoʻrqut“ (1962)ni nashr ettirgan. Sharqshunoslarning 23-xalqaro kongressida (London, 1954), Turkiya Tilshunoslar jamiyati kongresslarida (Anqara, 1957, 1966), Sharqshunoslarning 25-xalqaro kongressida (Moskva, 1960) oltoyshunoslar shoʻʼbasi ishlariga rahbarlik qilgan. Turkiya tilshunoslik jamiyati (1957), Vengriya sharqshunoslari ilmiy jamiyati (1970), Polsha sharqshunoslari ilmiy jamiyati (1974), Vengriya Fanlar akademiyasi faxriy aʼzosi (1973).

Manbalar tahrir

Adabiyotlar tahrir

  • Grammatika yazika tyurkskix runicheskix pamyatnikov, VII-IX vv., L., 1980.