Konsignatsiya (lot. consignatio -yozma dalil) — tovarlarni vositachilar (konsignatorlar)ning omborxonalari orqali sotish shakli. Bunday omborga tushgan tovar haridor (konsignator)ga sotilishiga qadar mahsulot yetkazib beruvchi (konsignant)ning mulki hisoblanadi. Tovarni omborda saqlash va uni sotishga tayyorlash harajatlari mulk egasi hisobidan boʻladi. Sotish boʻyicha kontraktlar tuzilishiga qadar tovarlar omborga yetkazib beriladi. Koʻpgina mamlakatlarda kabul qilingan qoidalarga koʻra, vositachining omborida tovarni saqlash muddati 1 yildan 1,5 yilgacha. Agar shu muddat ichida tovar sotilmay qolsa, oʻz egasiga qaytariladi.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil