Konstantinopol shartnomalari (1700, 1879) - 1) 1700-yil 14-iyulda Rossiya bilan Turkiya oʻrtasida tuzilgan shartnoma. Unga koʻra, Azov dengizi va uning atrofidagi yerlar Rossiyada qoldirildi, u Qrim xoniga toʻlaydigan yillik toʻlovlardan xalos boʻldi. Turkiya esa Rossiya qaytarib bergan Dnepr atrofidagi oʻz istehkomlarini buzib tashlash majburiyatini zimmasiga oldi; 2) Rossiya bilan Turkiya oʻrtasida 1877—78 yillardagi rus-turk urushidan soʻng 1879-yil 27yanv. (8-fevral)da imzolangan sulh shartnoma-si. U Berlin bitimida oʻzgartirishsiz qabul qilingan San-Stefano shartnomasini (1878) yanada mustahkamladi. Turkiya Rossiyaga toʻlaydigan kontributsiyalarning miqdorini belgilab berdi.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil