Konstantinopol tinchlik shartnomasi

1700-yilgi Konstantinopol shartnomasi — 1700-yil 3-(14-)iyulda Konstantinopol (Istanbul) shahrida Rossiya imperiyasi va Turkiya (Usmoniylar xalifaligi) oʻrtasida imzolangan tinchlik shartnomasi. Ushbu tinchlik shartnomasiga Pyotr birinchining Azov dengizi hududlariga harbiy yurishi sabab boʻlgan.

Rossiya harbiy urush davomida Azov qal’asini uning qoʻshni hududi va yangi qurilgan qal’alari (Taganrog, Pavlovsk, Mius) bilan egallab oldi. Shu bilan bu hududlar Qrim xoniga yillik oʻlpon toʻlashdan ozod qilindi. Dnepr mintaqasining rus qoʻshinlari tomonidan bosib olingan hamda buzilishi kerak boʻlgan mayda turk qal’alari Turkiyaga qaytarilishi lozim edi. Tomonlar chegara chizigʻida yangi istehkomlar qurmaslik, qurolli xurujlarga yoʻl qoʻymaslik majburiyatini oldi. Turkiya rus mahbuslarini ozod qilishi, shuningdek, Rossiyaga Konstantinopolda boshqa kuchlar bilan teng ravishda diplomatik vakolatxona qurish huquqini berishi kerak edi. Shartnoma Turkiyaning betarafligini taʼminladi va Pyotr I ga Buyuk Shimoliy urush uchun imkoniyat taqdim etadi.

30-yilga tuzilgan shartnoma 1710-yil noyabrigacha amal qilgan. Oʻshanda, Usmoniylar xalifaligi hukmdori Sulton Ahmad III Rossiya qirolligiga urush eʼlon qilgan.

Adabiyotlar tahrir

  • Naumenko V. G. Konstantinopolskaya istoriya: iz diplomaticheskix snosheniy Moskovskogo gosudarstva s Krimskim xanstvom i Tursiey // Informatsionniy gumanitarniy portal „Znanie. Ponimanie. Umenie“. — 2015. — № 4 (iyul — avgust) (arxivirovano v WebCite).
  • Voenniy ensiklopedicheskiy slovar. Moskva, „ONIKS 21 vek“, 2002.

[Turkum:1700-yil]] [Turkum: tadbirlar iyul 14|1700]] [Turkum:Pax Ottomana]]