Konstruktiv mantiq (lot. constructo — tuzish, qurish, yasash) — matematik mantiqdagi yoʻnalish. Asoschilari: L.Brauer, G.Veyl, A.Geyting va boshqa Chekli koʻp obʼyektlarga mansub boʻlgan prinsiplarni cheksiz koʻp obʼyektlarga qoʻllashni inkor etadi (mas, butunning qismdan kattaligi haqidagi qoida). Cheksizlik tushunchasi klassik (anʼanaviy) mantiq va Konstruktiv mantiqda turlicha talqin etiladi. Klassik mantiq cheksizlikni tugal mavjud deb, Konstruktiv mantiq esa nooshkor shakllanayotgan deb qaraydi. Konstruktiv mantiq uchun obʼyektlar va umuman mantiqiy matematik nazariyalarni induktiv tuzish (konstruksiyalash) harakterli. Ayrim olimlar Konstruktiv mantiq prinsiplariga asoslanib, hozirgi zamon matematik mantiq va mat.ning asosiy natijalarini qayta koʻrib chiqishga urinmoqdalar.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil