Kontaktli metasomatik konlar, kontakt konlar — metasomatizm natijasida hosil boʻlgan foydali qazilma konlari.

Dastavval, ushbu termin silikatli togʻ jinslarida eng inert komponent boʻlgan, alyuminiy miqdorining oshishini tushuntirish uchun D.S.Korjinskiy tomonidan kiritilgan. Odatda, otqindi togʻ jinslarining choʻkindi jinslar (karbonatlar va boshqalar) bilan tutash joylarida piroksen, amfibol, slyudali minerallar, granatlar va kvarsdan tashqil topgan skarnpar hosil boʻladi. Sheyelit (volfram minerali), oltin, kumush, qoʻrgʻoshin, pyx, mis va boshqa skarnlarning eng muhim foydali komponentlaridir. Oʻzbekistonda metasomatik rudalar barcha viloyatlarda keng namoyon etilgan. Ular, ayniqsa, Chatqol-Qurama regionida, Qoratepa togʻlarida, Hisor tizmasining jan.-gʻarbiy tarmoqdarida koʻp uchraydi.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil