Kontokorrent (ital. conto corrente— joriy hisob-kitob), kontokorrent hisob varagʻi — 1) muayyan bir mijoz bilan jami operatsiyalar qayd qilinadigan maxsus yagona bank hisob varagʻi. Mijozlarning qoʻyilmalarini saqlash hamda naqd pulsiz hisobkitoblarini amalga oshirishga xizmat qiladi, bir paytning oʻzida ssuda schetli joriy hisob varaq va yagona debet-kredit hisob varagʻi vazifasini bajaradi; 2) amalga oshirilgan oldi-sotdilar boʻyicha jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan oʻzlarining doimiy mijozlari bilan oʻzaro hisob-kitoblar uchun ochilgan aktiv hisob varaq. [1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil