Kopulyasiya (lotincha copulatio — qoʻshilish) — kopulyativ organlarga ega boʻlgan hayvonlardagi jinsiy akt, shuningdek, bunday organlarga ega boʻlmagan organizmlarning (mas, gatteriya, yomgʻir chuvalchangi) jinsiy koʻpayishi vaqtida ikkita individning oʻzaro qoʻshilishi. Tashqi tomondan deyarli yoki butunlay farq qilmaydigan (izogametalar) ikkita jinsiy hujayra (yoki individ)ning qoʻshilish jarayoni ham K. deb ataladi. Agar erkak organizm gametasi urgʻochi organizm gametasidan keskin farqlansa, u holda bu gametalarning qoʻshilishi urugʻlanish deb ataladi.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil