Boris Dmitriyevich Korjavin (1892.28.9, hozirgi Rossiya Federatsiyasi Kostroma viloyati Buy shahri — 1984.24.11, Toshkent) — gidrotexnik olim, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi muxbir aʼzosi (1950), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan irrigator (1950). Leningrad politexnika institutini tugatgan (1925). 1925—40 yillarda Oʻzbekistondagi suv xoʻjaligi idoralarida bosh muhandis lavozimida ishladi. Katta Fargʻona kapali qurilishida (1940) muhandis, OʻzSSR Suv xoʻjaligi xalq komissari oʻrinbosari va xalq komissari (1941 —46), "Sredazgiprovodxlopok" tresti Amudaryo ekspeditsiyasi direk-tori oʻrinbosari (1946-51), OʻzSSR Suv xoʻjaligi vaziri oʻrinbosari (1954—58), "Sredazgiprovodxlopok" instituti direktori (1958—62) boʻlgan. 1966-yildan OʻzSSR Fanlar akademiyasi Ishlab chikaruvchi kuchlarni oʻrganish kengashining irrigatsiya sektorida katta ilmiy xodim. Ilmiy ishlari qadimdan sugʻoriladigan yerlarning gidromeliorativ tarmoqlarini qayta tiklash va Zarafshon daryosi vodiysida sugʻorishni rivojlantirish tizimini ishlab chiqish masalalariga bagishlangan.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Havolalar tahrir