Dmitriy Sergeyevich Korjinskiy [1899.1(13).9.- Peterburg -1985.16.12] — rus geologi, akademik (1953), 1929—40-yillarda Leningrad konchilik institutida, 1937-yildan SSSR Fanlar Akademiyasida (1969—1979-yillarda eksperimental mineralogiya instituti direktori) ishlagan. Qozogʻiston, Sharqiy Sibir, Ural va Oʻrta Osiyodagi tokembriy togʻ jinslari va u bilan bogʻliq foydali qazilma konlari ustida ilmiy tadqiqot ishlari olib borgan. Mineral hosil boʻlish jarayonlari nazariyasining fizik-kimyoviy asoslarini ishlab chiqqan. Korjinskiy skarn hosil boʻlishining bimetasomatik va kontaktli-infiltratsiya va eritmalarning kislota-asosli gidrotermal tadriji nazariyasini taqlif qilgan. Korjinskiy bir qancha xorijiy ilmiy jamiyat va akademiyalarning aʼzosi. Davlat mukofoti laureati (1946,1958, 1975). Korjinskiy nomiga korjinskiy minerali qoʻyilgan.

Manbalar tahrir

  • Teoriya metasomaticheskoy zonalnosti, M., 1969; Teoreticheskiye osnovi analiza paragenezisov mineralov, M., 1973.[1]





  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil