Kosmonavtlar dengizi — (ruscha: Море Космонавтов, More Kosmonavtov; baʼzan notoʻgʻri yozilgan manbalardagi maʼlumotlarga koʻra Kosmonavt dengizi) Janubiy okeanning bir qismi sifatida, shahzoda Olav qirgʻogʻi va Antarktidaning Enderbi yerlari yaqinida, taxminan 30 ° E va 50 ° E orasida joylashgan dengiz[1]. Baʼzi manbalarga koʻra esa u Hind okeanining chekka dengizi hisoblanadi. Maydoni 699,000 square kilometre (270,000 kv mi). Eng chuqur joyi 4798 m. Harakatlanuvchi muzlar, aysberglar mavjud. 1962-yilda rus Antarktika ekspeditsiyasi tomonidan dastlabki kosmonavtlar nomiga shunday deb atalgan[2].

Kosmonavtlar dengizining joylashuvi, Janubiy okean dengizi sifatida taklif qilingan.

Manbalar

tahrir
  1. „The Cosmonaut Polynya“. www.atmosp.physics.utoronto.ca.
  2. "Kosmonavtlar dengizi" OʻzME. K-harfi (Wayback Machine saytida 2020-06-09 sanasida arxivlangan) Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil