KostromaRossiya Federatsiyasidagi shahar, Kostroma viloyati markazi. Volga daryosining har ikkala sohilida. Port. Temir yoʻl stansiyasi. Aholisi 289,4 ming kishi (1998-yil). Toʻqimachilik sanoatining (asosan, zigʻir tola) qad. markazi. Mashinasozlik ("Motordetal", ekskavator, "Kostromatekstilmash" zavodlari), yogʻochsozlik, kimyo, oziq-ovqat sanoati korxonalari bor. Qurilish materiallari ishlab chiqariladi. 3 oliy oʻquv yurti, drama teatri, tarixiy-meʼmoriy muzey-qoʻriqxonasi, tasviriy sanʼat muzeyi, yogʻoch meʼmorchiligi muzeyi, Bogoyavleniye monastirining sobori (16-asr), Ipatiy monastiri ansambli (16—18-asrlar), Voskreseniye cherkovi (17-asr), shahar markazining mumtoz majmuotlari: savdo rastalari (18-asr oxiri — 19-asr boshlari), maʼmuriy binolar (19-asr), oʻt oʻchirish minorasi (19-asr boshi), gauptvaxta (19-asr) saqlangan. K.ga 12-asrda asos solingan.[1]

Gerb

Kostroma 1152-yilda tashkil etilgan va o'sha yildan shahar hisoblanadi. Ilk eslatilishi 1213-yilda bo'lgan[2].

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  2. „Речные круизы через Кострому“. Qaraldi: 2022-yil 14-noyabr.