Kresfont (qadimgi yunoncha: Κρεσφόντης qadimgi yunoncha: Κρεσφόντης) — Messeniyaning miloddan avvalgi XI asrda hukmronlik qilgan afsonaviy qiroli, uning Geraklidlar sulosasidan boʻlgan birinchi hukmdori.

Kelib chiqishi

tahrir

Cresfont Geraklidlar sulolasiga mansub boʻlib, Gerkulesning chevarasi boʻlgan. Uning otasi Aristomax dorianlarga ularning Peloponnesga yurishida yetakchilik qilgan va jangda vafot etgan. Temenus va Aristodem Kresfontning aka-ukasidir.

Biografiyasi

tahrir

Messeniylar[1] xalqi Doriylar nazorati ostida boʻlishga rozi boʻlib, ularga oʻz yerlarining bir qismini bergan. Doriylar Peloponnesni zabt etgandan soʻng, qur’a tashlangach Messeniya Cresfontga tushadi[2], u qurbongohda bashorat belgisi boʻlmish — tulkini topadi. Tarixchi Eforning soʻzlariga koʻra, u Messeniyani beshta hududga boʻlib, butun mamlakat markazida joylashgan Steniklarni poytaxtga aylantirgan.Kresfont qolgan hududlar — Pilos, Rion, Mesolu va Giamitisga — hukmdorlarni yuborib, barcha messeniyaliklarni doriylar bilan tenglashtiradi. Ammo bu chora-tadbirlar istilochilarni norozi qilganligi sababli, Kresfont tezda oʻz qarorini bekor qilib, Steniklarni[3] shahar deb eʼlon qiladi va u yerga barcha doriylarni[4] toʻplaydi.

Kresfont oʻsha paytda Arkadiyada hukmronlik qilgan qirol Kipselning qizi Meropesga uylangan edi. Meropes unga bir necha farzand tugʻib bergan; ularning eng kichigi Epit hisoblangan. Umuman, Kresfont hukmronligi oddiy xalq manfaatlariga mos kelgan. Bu bilan u koʻplab boylar nufuzli insonlar noroziligiga sabab boʻlgan. Ular oʻz imtiyozlarini xalq bilan baham koʻrmaslik uchun qoʻzgʻolon koʻtargan. U qisqa muddat hukmronlik qilib, ikki oʻgʻli bilan birga Polyfont[5] tomonidan oʻldirilgan[6]. Boshqa bir taxminga koʻra, mahalliy aholi tashkil etgan suiqasd qurboni boʻlgan. Shundan soʻng, isyonchilar Kipseldan talab qilib olgach, uning ikki oʻgʻlini ham oʻldirga[7]. Ushbu qatli omda mashhur Epitidlar sulolasiga asos solgan Epitusgina tirik qoldi.

Manbalar

tahrir
  1. Страбон. География VIII 4, 7 (стр.361)
  2. Павсаний. Описание Эллады IV 3, 5; Полиэн. Стратегемы I 6
  3. Псевдо-Аполлодор. Мифологическая библиотека II 8, 4-5
  4. Гигин. Мифы 137
  5. Николай Дамасский. История, фр.31 Якоби
  6. Psevdo-Apollodor. Mifologicheskaya biblioteka II 8, 4-5
  7. Павсаний. Описание Эллады IV 3, 3-4

Adabiyotlar

tahrir
  • Darvin A. L. Proisxojdenie spartanskix sarey ot Gerakla // Vestnik Rossiyskogo universiteta drujbi narodov. Seriya: Vseobщaya istoriya. — 2018. — T. 10, № 3. — S. 237-249. — ISSN 2312-8127.