Krishan Chandar
Krishan Chandar (1914, Vazirobod — 1977, Bombey) — hind yozuvchisi va jamoat arbobi. Hozirgi zamon urdu adabiyotining yirik vakili. Hindiston taraqqiyparvar yozuvchilar uyushmasi rahbarlaridan biri (1953). Dastlabki hikoyalar toʻplami — „Tilsimi xayol“ (1937). Adibning turli janrlarda 80 ga yaqin kitobi chop etilgan. „Xoin“, „Biz vahshiymiz“ (1949) toʻplamlarida Hindistonning boʻlinishi (1947) va hind — musulmonlar qirgʻini mavzui yoritilgan. „Magʻlubiyat“ (1958), „Boʻron kurtaklari“ (1954), „Kumush yara“ (1964) romanlari, „Koʻcha ortga qaytadi“ (1961), „Ikkinchi qor yogʻishdan avval“ (1967) qissalari va avtobiografik qissalari („Loy oʻyinchoqlar“, 1956; „Xotiramdagi chinorlar“, 1968) va boshqa asarlarida Kashmir xalqi hayoti aks ettirilgan. K. Chandar „Eshakning sarguzashtlari“ (1958 — 65), „Dadar koʻprigidagi bolalar“ (1958), „Qogʻoz qayiq“ (1966) romanlaridan iborat trilogiya muallifi. K. Chandar Oʻzbekistonda boʻlgan. Asarlari xorijiy tillarga, jumladan, oʻzbek tiliga ham Amir Fayzulla, Shahzod Kenjaev va boshra tarjimonlar tomonidan tarjima qilingan.
Krishan Chandar | |
Fayl:Krishan Chander.png | |
Tavallud sanasi: | 23-noyabr 1914-yil |
---|---|
Tavallud joyi: | Panjob |
Vafot sanasi: | 8-mart 1977-yil (62 yoshda) |
Vafot joyi: | Mumbay, Hindiston |
Kasb: | yozuvchi, dramaturg, ssenariynavis |
AdabiyotlarTahrirlash
- Bir qizga ming oshiq [roman], T., 1965;
- Otash nafaslar [hikoyalar, toʻplam], T., 1977;
- Xotiramdagi chinorlar [qissa va hikoyalar], T., 1986;
- Dadar koʻprigidagi bolalar [qissa], T., 1999.
HavolalarTahrirlash
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |