Kristine Minde
Kristina Minde (turmush qurguncha Vigdal Heglann 1992-yilda 8-avgustda tugʻilgan), norvegiyalik futbolchi[2], Germaniyaning " Volfsburg " klubida ayollar Bundesligasida va Norvegiya ayollar jamoasida oʻynaydi. U avval vatani Norvegiyaning “ Arna-Byornar ” jamoasida oʻynagan[3]. Minde 2011-yildan buyon milliy terma jamoa bilan shugʻullanib, 2011 va 2015-yilgi jahon chempionatlarida hamda 2013-yilgi Yevropa chempionatida ham ishtirok etgan. 2013-yil noyabr oyida u turmushga chiqdi va erining familiyasini oldi shu tariqa Kristina Minde boʻldi.
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Tavallud paytidagi ismi | Kristine Wigdahl Hegland | ||
Tavallud sanasi | 8-avgust 1992-yil | ||
Tavallud joyi | Bergen, Norvegiya | ||
Boʻyi | 1.69 m[1] | ||
Ampluasi | Hujumchi | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Rosenborg | ||
Raqami | 18 | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
Tertnes | |||
Xalqaro medallar |
Jamoalardagi faoliyati
tahrirBergenda[4] tugʻilgan Minde 14 yoshida "Arna-Byornar"da oʻynay boshladi va ularning eng koʻzga koʻringan futbolchilaridan biriga aylandi. 2013-yilgi ayollar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida Norvegiya terma jamoasida oʻynagach, unga Shvetsiya va Germaniya klublari qiziqish bildira boshladi. Minde Damallsvenskanda 2014-yilgi mavsum oldidan Shvetsiyaning Linköping jamoasiga qoʻshildi. Arna-Byornar ushbu transfer uchun toʻlov miqdorini oshkor etmadi, biroq klub uchun qoʻshimcha daromad juda foydali boʻlishini maʼlum qildi[5].
Jamoa karyerasi
tahrirYoshlar darajasida oʻynab yurgan Minde 19 yoshgacha boʻlgan Norvegiya terma jamoasiga sardori boʻlgan va 2008-yilda 20 yoshgacha boʻlgan ayollar oʻrtasidagi jahon chempionatida ishtirok etgan[6].
Kristina Minde Liza-Mari Vuds jarohati tufayli[7] qolib ketganidan soʻng, Norvegiya terma jamoasining 2011-yilgi Jahon chempionati uchun kattalar tarkibiga kiritilgan oxirgi futbolchi boʻldi. Minde turnirdagi debyutini Norvegiya terma jamoasining guruhdagi soʻnggi oʻyinida oʻtkazdi va Norvegiya 2:1 hisobida[8] gʻolibi boʻlgan oʻyinda zaxiradan maydonga tushgan.
Minde Norvegiya terma jamoasi bosh murabbiyi Even Pellerud tomonidan 2013-yilda Shvetsiyada boʻlib oʻtadigan Yevropa chempionatiga chaqirilgan edi[9]. Norvegiyaliklarning ushbu turnirdagi birinchi oʻyinida Minde 26-daqiqada Islandiya darvozasiga gol urib, jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi[10]. Minde Daniya bilan gʻalaba qozongan yarim finalning barcha 120 daqiqasini va Germaniyaga qarshi finalning 90 daqiqasini oʻtkazdi, oʻshanda norvegiyaliklar magʻlub boʻldi va chempionatning kumush medaliga sazovor boʻlgan.
Kristina Minde 2019-yil 17-iyun kuni Norvegiya terma jamoasi safida JCh-2019 doirasidagi 100-uchrashuvini oʻtkazgan.
Yutuqlar
tahrir- Linköping
- Shvetsiya chempioni (2): 2016, 2017
- Shvetsiya kubogi sohibi (1): 2014/15
Statistika
tahrirKlub | Mavsum | Divizion | Liga | Kubok | Yevro kubok | Jami | ||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | |||
Arna-Byornar | 2008 | Tolpserien | 21 | 2 | 0 | 0 | - | 21 | 2 | |
2009 | 14 | 6 | 0 | 0 | - | 14 | 6 | |||
2010 | 22 | 3 | 0 | 0 | - | 22 | 3 | |||
2011 | 21 | 6 | 1 | 0 | - | 22 | 6 | |||
2012 | 21 | 5 | 4 | 0 | - | 25 | 5 | |||
2013 | 22 | 5 | 3 | 2 | - | 25 | 7 | |||
Jami | 121 | 27 | 8 | 2 | - | - | 129 | 29 | ||
Linköping | 2014 | Damallvenskan | 21 | 5 | 4 | 2 | 4 | 1 | 29 | 8 |
2015 | 21 | 4 | 5 | 1 | 2 | 0 | 28 | 5 | ||
2016 | 22 | 11 | 5 | 0 | - | 27 | 11 | |||
2017 | 18 | 7 | 4 | 2 | - | 22 | 9 | |||
Jami | 82 | 27 | 18 | 5 | 6 | 1 | 106 | 33 | ||
Volsburg | 2017/18 | Bundesliga | 5 | 0 | 2 | 0 | - | 7 | 0 | |
2018/19 | 11 | 6 | 2 | 0 | 4 | 1 | 17 | 7 | ||
2019/20 | 1 | 0 | 1 | 0 | 2 | 1 | 4 | 1 | ||
Jami | 17 | 6 | 5 | 0 | 6 | 2 | 28 | 8 | ||
Karyerada jami | 220 | 60 | 31 | 7 | 12 | 3 | 263 | 70 |
Manbalar
tahrir- ↑ „2015 World Cup“. 14-yanvar 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 8-iyun 2015-yil.
- ↑ „Norway – K. Hegland – Profile with news, career statistics and history – Women Soccerway“. Nr.women.soccerway.com (8 августа 1992). 3 декабря 2013da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 9 апреля 2020.
- ↑ „Kristine Wigdahl Hegland's profil – fotball.no – Norges Fotballforbund“ (norvegcha). fotball.no (23 июня 2009). 22 февраля 2013da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 9 апреля 2020.
- ↑ „Norway Mediaguide 2013“. Норвежская футбольная ассоциация. 9 августа 2013da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 9 апреля 2020.
- ↑ BØyum, Kim. „Kristine Hegland til Linköping“ (norvegcha). Bergens Tidende (1 ноября 2013). 3 декабря 2013da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 9 апреля 2020.
- ↑ Atkin, John „Hegland: It's Norway's turn this time“. УЕФА (6 июня 2011). 3 декабря 2013da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 9 апреля 2020.
- ↑ „Landslagsdebutant inn i VM-troppen“ (norvegcha). TV 2 (Norway) (24 июня 2011). 2 декабря 2013da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 9 апреля 2020.
- ↑ Madsen, Christer „Kjempestort å få spille i VM“ (norvegcha). Норвежская футбольная ассоциация (14 июля 2011). 29 ноября 2013da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 9 апреля 2020.
- ↑ Aarre, Eivind „Pellerud 'excited' by Norway squad“. УЕФА (13 июня 2013). 2 октября 2014da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 9 апреля 2020.
- ↑ Haylett, Trevor „Iceland strike late to hold Norway to draw“. УЕФА (11 июля 2013). 2013-yil 3-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 9 апреля 2020.
v