Kritik bosim (lot. kritikos - chegara) — modda (yoki moddalar aralashmasi)ning kritik holataati bosimi. Har bir modda xususiy Kritik bosim ga ega. Kritik bosimdan past bosimda modda 2 muvozanat faza — suyuqlik va bugʻga ajraladi. Lekin Kritik bosim va kritik temperaturada suyuqlik bilan bugʻ orasidagi farq yoʻqoladi, yaʼni modda bir fazali holatga oʻtadi. Kritik bosim moddaning fizik-kimyoviy doimiysi hisoblanadi. Masalan, suvning Kritik bosim i 218,3 atm ga teng. Kritik holatdagi moddalar aralashmasining Kritik bosim i (aralashma komponentlari konsentratsiyasi) aralashma tarkibiga ham bogʻliq boʻladi. Shuning uchun aralashma diagrammasi birgiva kritik nuqtadan emas, balki nuqtalari Kritik bosim, temperatura va konsentratsiyaning turli qiymatlaridan tashqil topgan egri chizikdan iborat boʻladi.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil