Krivoy rogUkrainaning Dnepropetrovsk viloyatidagi shahar (1919-yildan), Ingulets daryosining bosh qismida. Krivoy rog tuguni. Aholisi 711 ming kishi (1997). Krivoy Rog temir ruda havzasi markazi. Kon boyitish kombinatlari, metallurgiya kombinati, koks kimyosi zavodi, mashinasozlik (kon jihozlari), yengil, oziq-ovqat, qurilish materiallari sanoati korxonalari bor. 2 oliy oʻquv yurti, teatr, tarix-oʻlkashunoslik muzeyi mavjud. Krivoy rogga 1775-yil asos solingan.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil