Kseniya Ivanovna Monko (ruscha: Ксения Ивановна Монько; 1992-yil 8-fevralda tugʻilgan) — Rossiya vakili sifatida muz ustida raqs boʻyicha musobaqalarda qatnashgan sobiq figurali uchuvchi. Sherigi Kirill Xalyavin bilan birga 2011-yil oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempioni, ikki karra (2009-10, 2010-11) oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri finali chempioni va 2015-yilgi Rossiya milliy chempionatining kumush medali sovrindori boʻlgan.

Kseniya Monko

Monko va Xalyavin 2010-yilda
Shaxsiy maʼlumotlari
Toʻliq ismi Kseniya Ivanovna Monko
Davlat Rossiya
Tavalludi 8-fevral 1992-yil (1992-02-08) (32 yosh)
Kirov, Rossiya
Boʻyi 1.70 m (5 ft 7 in)
Oldingi sheriklari Kirill Xalyavin
Oldingi murabbiylari Aleksander Julin
Jamoasi Moskvich
Oldingi jamoalari Blue Bird FSC
Mashgʻulot oʻtkazadigan joyi Moskva
Uchishni boshlagan 1996
Yakunlagan 2015
Shaxsiy rekordlari
Raqs (umumiy natija) 159.13
Qisqa raqs 65.12
Erkin raqs 96.77

Shaxsiy hayoti tahrir

Kseniya Ivanovna Monko 1992-yil 8-fevralda Kirov shahrida tugʻilgan. Kseniya rossiyalik muz ustida raqs bilan shugʻullanuvchi Mariya Monkoning singlisi. Kseniya Kirill Xalyavin bilan 2017-yil 10-iyun kuni Rossiyaning Kirov shahrida turmush qurgan. Ularning oʻgʻli 2020-yil oktabr oyida dunyoga kelgan[1][2].

2022-yil fevral oyida, Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi ortidan, Monko va uning oilasi nomaʼlum muddatga Ispaniyaga koʻchib oʻtgan.

Faoliyati tahrir

 
Monko sherigi Kirill Xalyavin va Olga Ryabinina bilan

Kseniya Monko toʻrt yoshida konkida uchishni boshlagan va muz usida raqs bilan besh yoshidan shugʻullangan. Uning birinchi murabbiyi Svetlana Tamriyeva edi.

Monko 2000-yilda Xalyavin bilan juftlik hosil qilgan. Ular 2009-yilning may oyida oʻz murabbiyi bilan Rostov shahridan Moskvaga koʻchib ketishgan.

Juftlik 2009 — 2010-yilgi mavsumda oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri finalida va Rossiya oʻsmirlar oʻrtasidagi chempionatda gʻolib boʻlgan. Ular 2010-yilgi oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatida bronza medalini qoʻlga kiritganlar[3].

Monko / Xalyavin juftligi 2010 — 2011-yilgi mavsumda ikkinchi oʻsmirlar oʻrtasidagi final chempionligini qoʻlga kiritgan va buning ortidan ikkinchi Rossiya yoshlar chempioni unvoni sohibi boʻlgan. Ular 2011-yilgi oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatida oltin medalni qoʻlga kiritganlar[4].

Monko / Xalyavin juftligi 2012-yil fevral oyida murabbiylarini Aleksandr Julin va Oleg Volkovga almashtirgan. Juftlik2012 Rostelekom Cup musonbaqasida 6-oʻrinni, 2013-yilgi Rossiya chempionatida esa 4-oʻrinni egallagan. Yekaterina Bobrova / Dmitriy Solovyov juftligi 2013-yilgi Jahon terma jamoasi kubogi musobaqasini jarohati tufayli tark etgan va ularning oʻrniga Monko / Xalyavin juftligi Rossiya terma jamoasiga kiritilgan. Monko / Xalyavin juftligi musobaqada 3-o‘rinni egallab, Rossiya jamoasi esa umumiy hisobda 4-o‘rindan joy olgan. Xalyavinning yuqori isitmasi tufayli juftlik turnirlarni tark etgan.

Dasturlari tahrir

Xalyavin bilan

Mavsum Qisqa dastur Erkin dastur
2015-16

2014-15

  • Flamenco: Suite Festiva de Éxitos IV
  • Sarabande
    Escala
  • Sarabande Suite
2013-14

Natijalari tahrir

GP: Gran-pri; JGP: Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri

Xalyavin bilan

Xalaqaro
Musobaqa 06–07 07-08 08-09 09-10 10-11 11-12 12-13 13-14 14-15 15-16
Jahon chempionati 8ㅤ
Evropa chempionati 10ㅤ
GP Bompard 6ㅤ
GP Cup of China WD
GP NHK Trophy 2ㅤ
GP Rostel. Cup 6ㅤ 5ㅤ WD
GP Skate America WD
GP Skate Canada 4ㅤ 5ㅤ
Nice kubogi 1ㅤ 3ㅤ
Ice ㅤar 1ㅤ 1ㅤ
Nebelhorn Trophy 4ㅤ 2ㅤ
Universiada 6ㅤ
Xalqaro: oʻsmirlar
Jahon chempionati 3ㅤ 1ㅤ
JGP Final 1ㅤ 1ㅤ
JGP Belarus 1ㅤ
JGP Croatia 3ㅤ
JGP Czech Rep. 5ㅤ
JGP Norway 11ㅤ
JGP Romania 3ㅤ 1ㅤ
JGP South Africa 3ㅤ
JGP Turkey 1ㅤ
JGP U. K. 1ㅤ
Xalqaro
Rossiya chempionati 5ㅤ 4ㅤ 5ㅤ 2ㅤ WD
Oʻsmirlar oʻrtasidagi Rossiya chempionati 8ㅤ 4ㅤ 5ㅤ 1ㅤ 1ㅤ
WD: musobaqani tark etgan

Manbalar tahrir