KSENOFAN (Xenophanes) Kolofonlik (miloddan avvalgi 580—577, Kolofon, Kichik Osiyo — 490—485, Eleya, Janubiy Italiya) — yunon faylasufi, shoir. Eleya maktabinmng asoschisi. Moddiy olamni yagova, adabiy, oʻzgarmas deb bildi va moddiy borliqni xudo deb eʼlon qildi. Tafakkur, ong, sezgi — hammasi moddiy. K. xudoni inson qiyofasida tasvirlashni va yunon dinidagi koʻpxudolikni tanqid qildi.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil