Kuchaytirgichlar asosiy xarakteristika va parametrlari

Parametrlari tahrir

Kuchaytirgichlarning turlari koʻp boʻlishiga qaramay, ular umumiy xarakteristika va parametrlarga ega. Asosiy parametrlardan biri kuchaytirish koeffitsiyentidir. U kuchaytirgich chiqishida qaysi bir kattalik (tok, kuchlanish yoki quvvat) asosiy boʻlishiga qarab aniqlanadi va mos nom bilan ataladi. Masalan, chiqish kuchlanishning kirish kuchlanishiga nibati

 

kuchlanish boʻyicha kuchaytirish koeffitsiyenti deyilsa, chiqish tokining kirish tokiga nisbati

 

tok boʻyicha kuchaytirish koeffitsiyenti deb ataladi.

Quvvat boʻyicha kuchaytirish koeffitsiyenti esa, kuchaytirilayotgan signalning chiqish quvvatining kirish quvvatiga nisbati bilan aniqlanadi

 

Amalda kuchlanish boʻyicha kuchaytirish koeffitsiyentidan keng foydalaniladi. Shuning uchun uni oddiy qilib kuchaytirish koeffitsiyenti deb ataladi va „U“ belgi tushirib yoziladi.

Umuman olganda kuchaytirgichning chiqish kuchlanishi kirish kuchlanishidan faqat amplituda bilan emas, balki fazasi bilan ham farq qiladi, shu sababli kuchaytirish koeffitsiyenti kompleks kattalik boʻlib, chastotaga ham bogʻliqdir

 

bunda,   — kuchaytirish koeffitsiyentining moduli.

  — kirish va chiqish kuchlanishlari orasidagi faza farqi. Koʻpincha kuchaytirish koeffitsiyenti „bell“ degan birlikda oʻlchanadi. Bu chiqish va kirish quvvatlari nisbatining oʻnli logarifmasi birga teng boʻlgan kattalikdir.

Quvvat boʻyicha kuchaytirish koeffitsiyenti bellarda quyidagicha oʻlchanadi

 

Bell juda katta miqdir hisoblanadi. Shuning uchun uning oʻndan biri detsibell (db) ishlatiladi

 

Xarakteristikasi tahrir

Kuchaytirgich xarakteristikasi 4 guruhga ajratiladi:

  • 1-guruhga kuchaytirishdagi signal shaklining buzilishini ifodalovchi xarakteristikalar kiradi. Ular kuchaytirish jarayonida signal shaklining buzilish darajasini baholash yoki buzilishsiz kuchaytirish xususiyatini belgilash imkonini beradi.
  • 2-guruh xarakteristikalar kuchaytirish sxemasidan signal buzilmay oʻtishi uchun kuchaytirgichning parametrlari qanday boʻlishi zarurligini ifodalaydi.
  • 3-guruh xarakteristikalar signalni kuchaytirish jarayonida unga boʻladigan zararli taʼsirlarni ifodalaydi.
  • 4-guruh xarakteristikalar kuchaytirish sxemasi xususiyatlari va kuchaytiruvchi element ish rejimini xarakterlab beradi.

Bu xarakteristikalardan birinchi va ikkinchi guruh xarakteristikalari eng katta ahamiyatga ega. Ular kuchaytirgichning oʻtish va statsionar xarakteristikalaridir.

Buzilishlar tahrir

Agar kuchaytirgichning chiqish kuchlanishining spektri uning kirish kuchlanishi spektriga mos tushsa, signal buzilmagan boʻladi, bunda:

  • 1) chiqish kuchlanishi spektrida yangi garmonik tashkil etuvchilar hosil boʻlmaydi
  • 2) chiqish va kirish signallarining mos garmonik tashkil etuvchilari amplitudalarining nisbati bir xil qiymatli boʻladi
  • 3) kirish va chiqish signali mos garmonik tashkil etuvchilari fazalari bir xil boʻladi.

Agar bu shartlardan birortasi bajarilmay qolsa, kuchaytirgich signalni buzib kuchaytirgan boʻladi. Kuchaytirgichlardagi buzilishlar chiziqli va nochiziqli boʻladi.

Chiziqli buzilishlar chastotaviy, fazaviy va oʻtish buzilishlariga boʻlinadi. Nochiziqli buzilishlar esa amplitudaviy xarakteristikasi orqali aniqlanadi.

Manbalar tahrir

  • Nigʻmatov „Radioelektronika“
  • N.Sh. Turdiyev „Radioelektronika asoslari“