Kumush yugurtirish - buyumlar sirtiga yupqa qatlamda kumush qoplash; korroziyaga chidamliligi, elektr oʻtkazuvchanligi, yaltiroqligi va antifriksion xossalarini oshirish, shuningdek, dekorativ-himoya maqsadlarida amalga oshiriladi. Metall buyumlarga Kumush yugurtirish galvanik usul bilan, kamdan-kam plakirlab (sof kumush taxta qoplab); metallmas buyumlar kimyoviy usul bilan, kumush bugʻini vakuumda kondensatsiyalab, katodli purkab, kuydirish usuli bilan amalga oshiriladi.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil