Kvazistatsionar jarayon (lot. quasi — deyarli va stationarius — doimiy, oʻzgarmas) — muayyan chegaralangan sistemada juda katta tezlikda tarqalayotgan jarayon; bunda jarayon tarqalayotgan vaqt ichida sistema holati oʻzgarmay qoladi. K.j. juda tez tarqalganidan tarqalish vaqti hisobga olinmaydi. Masalan, berk elektr zanjirining biror qismida oʻzgaruvchan tashqi e.yu.k.taʼsir qilganida oʻsha joyda kuchlanish va tok uncha oʻzgarmay qoladi, bunday holdagi tok kvazistatsionar tok deyiladi. K. j.da sistemaning barcha qismi holatlarining oʻzgarishi bir xil vaqt qonuniga boʻysunadi. K. j. tushunchasini mexanik, termodinamik va b. sistemalarga joriy qilish mumkin, mas, poʻlat sim temperaturasi tashqi muhit taʼsiri tufayli sim boʻylab tez tarqaladi.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil