Kyuri - VEYS QONUNI - baʼzi paramagnit moddalar solishtirma magnit singdiruvchanligi x ning temperatura T ga bogʻlikligini ifodalovchi qonun: %=S/T, bunda S — modda doimiysi (Kyuri doimiysi). Bu qonunni 1895-yilda P. Kyuri kashf qilgan. Nodir metallar, tuzlar, eritmalar va baʼzi gazlar (mas, kislorod) da oʻtkazilgan tajribalar Kyuri qonunining toʻgʻriligini tasdiqlaydi. Lekin koʻpgina moddalar-magnit singdiruvchanligi x ning temperatura T ga bogʻlikligi %= S7(T-9) formula bilan ifodalanadi, bunda S—modda doimiysi, 6 — Kyuri nuqshasi yoki Neyel nuqtasi. Kyuri qonuniga oʻxshash bu qonunni 1907-yilda fransuz fizigi P. Veys (P. Weiss, 1864—1940) kashf qilgan. K. — Kyuri (qonun) magnit momentlarining tashuvchilari oʻzaro taʼsir qiluvchi moddalar uchun Kyuri qonunining umumiy holidir. Koʻpgina holdarda S" doimiysi Kyuri qonunidagi S doimiysiga mos toʻshadi. Tajriba natijalari, odatda, 1/x ning temperatura T ga bogʻliqligini ifodalovchi grafigi asosida hisoblanadi. Bunda toʻgʻri chiziq (a yoki ) ning ogʻishi S’ni, uning T oʻqi bilan kesishgan nuqtasi ye ni belgilaydi (S manfiy yoki musbat boʻlishi mumkin).[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil