Latchalarsuvsarsimonlar oilasiga mansub yirtqich sut emizuvchilar guruhi. Tanasi ingichka, choʻziq va juda egiluvchan. Oʻrta Osiyo hududida latcha va oq latcha tarqalgan. Latcha (Mustela nivalis) — eng mayda yirtqich, uz. 13— 28 sm, vazni 40 g dan 100 g gacha. Yozda yungi tanasining orqa tomonida ochiq kulrang , qorin tomonida oqish yoki sargʻish; arealining shim. qismida qishda oqrangga kiradi. Yevropa, Shim. Afrika, Shim. Amerika va Osiyoda tarqalgan. Juda serharakat, sichqonlarni qirib katta fonda keltiradi. Oq latcha (M. erminea) latchaga nisbatan bir oz yirikroq, dumining uchi qora, uz. 16—38 sm, vazni 260 g gacha. Yevropaning deyarli hamma hududlarida, Shim. Amerika, Osiyoning shim. qismida uchraydi. Oʻrta Osiyoda Orol dengizidan shimolroqda tarqalgan. Asosiy ozigʻi mayda kemiruvchilar: sichqonlar, dala sichqonlari: kemiruvchilar kam boʻlganida esa baliqlar, baqalar, qushlarning uyasidagi joʻjalari; och qolganida mevalar va har xil organik chiqindilar bilan oziqlanadi. Yiliga bir marta 4—8 tadan bolalaydi. L.ning ikkala turi ham zararkunanda kemiruvchilarni qirib, insonga katta foyda keltiradi. Oq latcha qimmatbaho moʻyna beradi.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil