Laura La Plante (talaffuzi: „Laura La Plante“, 1904-yil 1-noyabr — 1996-yil 14-oktyabr) amerikalik kino aktrisasi boʻlib, uning koʻzga koʻringan rollari ovozsiz filmlar davrida boʻlgan.

Laura La Plante
Tavalludi
Laura Laplante

1-noyabr 1904-yil
St. Louis, Missouri, A. Q. Sh.
Vafoti 14-oktyabr 1996-yil(1996-10-14)
(91 yoshda)
Woodland Hills, Kaliforniya, A. Q. Sh.
Fuqaroligi AQSh
Kasbi Aktrisa
Faoliyat yillari 1921-1934
Turmush oʻrtogʻi
William A. Seiter
(turm. 1926; ajr. 1934)

Irving Asher
(turm. 1934; vaf. 1985)
Bolalari 2

Yoshligi tahrir

La Plante 1904-yil 1-noyabrda Missuri shtatining Sent-Luis shahrida Willyam A. Laplante va Elizabeth E. Turkning qizi boʻlib tugʻilgan[1]. Uning otasi raqsga oʻrgatgan. Ota-onasi ajrashgandan soʻng, onasi Laura va singlisi Violetni Kaliforniyaning San-Diego shahrida yashashga olib ketdi. Oʻsmirligida Laura yozgi taʼtilda Gollivudda amakivachchasi Mary McMahon bilan qoldi va gazetada bolalarni harakatlanuvchi suratlar uchun soʻragan eʼloniga javob berdi va uni ishga olishdi[2].

Ovozsiz kino karerasi tahrir

La Plante 15 yoshida aktyorlik debyutini qildi va 1923-yilda u oʻsha yili WAMPAS yosh yulduzlaridan biri deb nomlandi[3]. 1920-yillarda u 60 dan ortiq filmlarda suratga tushgan. Uning dastlabki filmlari orasida kovboy yulduzi Tom Mix ishtirokidagi Big Town Round-Up (1921), Perils of the Yukon (1922), Around the World in 18 Days (1923) seriallari[4] va Hoot Gibson ishtirokidagi bir nechta filmlar kiradi.

 
La Plante 1920-yil. U bu yerda Bobby Vernon bilan birga Exhibitors Herald jurnalida chop etilgan rasmda koʻrinadi.

La Plante (1921-yildan 1930-yilgacha) rol oʻynagan filmlarning aksariyati Universal Pictures uchun yaratilgan. Bu davrda u studiyaning eng mashhur yulduzi boʻlgan.

La Plantening eng muvaffaqqiyatli filmlaridan biri bu 1925-yilda Klarens Braun tomonidan suratga olingan va Pauline Frederick rol oʻynagan „Smouldreing Fires“ filmidir. Uning eng yaxshi eslab qolgan filmi, shubhasiz, ovozsiz klassik „The Cat and the Canary“ (1927), garchi u Reginald Denny bilan „Skinner’s Dress kostyumi“ (1926 [5] bilan ham mashhurlikka erishgan boʻlsa ham.

Oʻlimi tahrir

La Plante 1996-yil 14-oktyabrda 91 yoshida Kaliforniyaning Vudlend-Xillz shahrida vafot etdi. Uning oʻlimiga Altsgeymer kasalligi sabab boʻlgan[6]. Uning Kaliforniya shtatining San-Diego shahridagi El Camino memorial bogʻida dafn etilgani haqidagi mish-mishlarga qaramasdan, La Plante aslida Shimoliy Gollivuddagi Valhalla memorial bogʻi qabristonida kuydirilgan va uning kullari dengizga sochilgan[7].

Filmografiyasi tahrir

Yil Sarlavha Rol Izoh
1920 813 Genevieve Lost film
1921 Play Square May Laverne
The Old Swimminʼ Hole Myrtle
The Big Town Round-Up Mildred Hart
Big Town Ideas Molly Dorn Lost film
1922 Perils of the Yukon Olga Lost film
The Wall Flower Prue Nickerson Lost film
1923 Around the World in Eighteen Days Madge Harlow Lost film
Crooked Alley Norine Tyrell
Dead Game Alice Mason
Burning Words Mary Malcolm
Shootinʼ for Love Mary Randolph
Out of Luck Mae Day
The Ramblinʼ Kid Carolyn June Lost film
The Thrill Chaser Cameo Appearance Lost film
1924 Sporting Youth Betty Rockford
Excitement Nila Lyons Lost film
The Dangerous Blonde Diane Faraday Lost film
Young Ideas Octavia Lowden
Ride for Your Life Betsy Burke Lost film
The Fast Worker Connie Fowler
Butterfly Dora Collier
1925 Smouldering Fires Dorothy Vale
The Teaser Ann Barton Lost film
Dangerous Innocence Ann Church Lost film
1926 The Beautiful Cheat Mary Callahan / Maritza Callahansky
Skinner’s Dress Suit Miss Honey Skinner
The Midnight Sun Olga 'The Midnight Sunʼ Morova
Her Big Night Frances Norcross/Daphne Dix
Butterflies in the Rain Miss Glenson
Poker Faces Betty Whitmore
1927 The Love Thrill Joyce Bragdon Lost film
Beware of Widows Joyce Bragdon
Silk Stockings Tina Carteret
The Cat and the Canary Annabelle West
1928 Thanks for the Buggy Ride Jenny
Finders Keepers Barbara Hastings
Home, James Laura Elliot
The Last Warning Doris Terry
1929 Scandal Laura Hunt
Show Boat Magnolia Hawks
The Love Trap Evelyn Todd
Hold Your Man Mary
1930 King of Jazz Editor
Captain of the Guard Marie Marnay
1931 Stout Hearts and Willing Hands Qahramon ayol
Arizona Evelyn Palmer Bonham
God’s Gift to Women Diane Churchill
Lonely Wives Diane OʻDare
Meet the Wife Gertrude Lennox
The Sea Ghost Evelyn Inchcape
1933 Her Imaginary Lover Celia
1934 The Girl in Possession Eve Chandler
The Church Mouse Betty 'Miss Church Mouseʼ Miller
1935 Widow’s Might Nancy Tweesdale
Man of the Moment Mary Briany
1947 Little Mister Jim Miss Glenson
1957 Spring Reunion May Brewster

Manbalar tahrir

  1. „Laura Laplante Asher“ in U. S. Social Security Applications and Claims Index, 1936-2007, ancestry.com, accessed July 21, 2022 (subscription required)
  2. Brownlow, Kevin. Obituary: Laura La Plante, The Independent, October 16, 1996, accessed July 21, 2022
  3. Brownlow, Kevin. „Obituary: Laura La Plante“. The Independent (1996-yil 16-oktyabr). 2017-yil 4-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 4-oktyabr.
  4. silenthollywood.com
  5. [Silent Players: A Biographical and Autobiographical Study of 100 Silent Film Actors and Actresses p. 210]
  6. „Hollywood Star Walk: Laura La Plante“. Los Angeles Times (1996-yil 16-oktyabr). Qaraldi: 2018-yil 14-mart.
  7. Wilson, Scott. Resting Places: The Burial Sites of More Than 14,000 Famous Persons, 3d ed.. McFarland, September 16, 2016. ISBN 9781476625997.