Laurie Koehn (talaffuzi: Lori Koen, 1982-yil 13-mayda tugʻilgan) — sobiq professional basketbolchi, hozirda Vashington shtati Cougars ayollar basketbol jamoasining yordamchi murabbiyi boʻlib faoliyat olib boradi.[1]

Laurie Koehn
Washington State Cougars
Pozitsiyasi Yordamchi murabbiy
Liga Pac-12 konferensiyasi
Shaxsiy maʼlumot
Tavalludi 13-may 1982-yil (1982-05-13) (41 yosh)
Newton, Kansas
Millati Amerikalik
Boʻyi 5 ft 8 in (1.73 m)
Karyera maʼlumoti
Maktab Moundridge (Moundridge, Kansas)
Kollej Kansas (2001-2005)
WNBA drafti 2005 / Tanlanmagan
Oʻyin karyerasi 2005-2012
Murabbiylik faoliyati 2015-hozirgacha
Statistikalar WNBA.com saytida
Medallari
AQSH bayrogʻi AQSh vakili

Faoliyati tahrir

Kanzas shtatining Nyuton shahrida tugʻilgan Koehn Kanzasdagi Moundridge oʻrta maktabida oʻqigan. Koehn 2005-yilda Kanzas shtati universitetini tamomlagan. K-Shtatda boʻlganida, Koehn All-Big 12 Second Team (2005, 2004), CoSIDA Academic All-American (2004), Big 12 All-Academic First Team (2005) mukofotlarini qoʻlga kiritgan. U birinchi marta 5 daqiqada 135 ta uch ochkodan 132 tasini urgan.[2] Kollejdagi faoliyati davomida u 392 ta uch ochko toʻpladi va uni NCAA I divizioni boʻyicha uch ochkolik urinishlar boʻyicha barcha vaqtlar rekordiga aylantirdi (Hizer Butler bilan tenglashib).[3]

AQSHdagi faoliyati tahrir

Koehn Argentinaning Mar Del Plata shahrida boʻlib oʻtgan FIBA Americas musobaqasida oltin medalni qoʻlga kiritgan AQSh U18 ayollar terma jamoasi aʼzosi boʻlgan. Oʻyin 2000-yil iyul oyida boʻlib oʻtgan. Oʻshanda AQSh jamoasi Kubani magʻlub etib, chempionlikni qoʻlga kiritgan. Koehn barcha beshta oʻyinda asosiy tarkibda maydonga tushib, har bir oʻyinda oʻrtacha 12,4 ball toʻplagan. Ochkolari bilan u Alana Beard va Diana Taurasidan keyin uchinchi oʻrinni egalladi.

Koehn 2003-yilda Panamerika oʻyinlarida AQSh sharafini himoya qilgan jamoaga sardor etib tayinlangan. Jamoa birinchi o‘yinda Kubaga mag‘lub bo‘ldi, keyin esa keyingi beshta o‘yinda, jumladan, Braziliyaga qarshi oʻyinda qo‘shimcha taymda g‘alabani qo‘lga kiritdi. Keyin oltin medal uchun Kuba bilan yana to‘qnash keldi va 75:64 hisobida mag‘lub bo‘lib, kumush medalni qo‘lga kiritdi. Koehn har bir oʻyinda oʻrtacha 8,9 ochko toʻpladi va 30 ta uch ochkolik urinishning 17 tasini amalga oshirdi.

Kanzas shtati statistikasi tahrir

Manba[4]

Jadval tavsifi
  GP Oʻynalgan oʻyinlar   GS  Oʻyinlar boshlanishi  MPG  Oʻyin uchun daqiqalar
 FG%  Maydondagi gollar foizi  3P%  Uch ochkoli gollar foizi  FT%  Erkin to'p otish foizi
 RPG  Har bir oʻyindagi rebound (basketbol)  APG  Har bir oʻyin uchun Assist (basketbol)  SPG  Har bir oʻyin uchun
to'p saqlash (basketbol)
 BPG  Har bir oʻyin uchun bloklar (basketbol)  PPG  Oʻyin uchun ochko  Bold  Karyera
Yil Jamoa GP Ballar FG% 3P% FT% RPG APG SPG BPG PPG
2001—2002 Kanzas shtati 34 600 45.1 42.2 89.5 3.4 2.5 1.1 0.1 17.6
2002—2003 Kanzas shtati 24 317 42.2 41.1 82.5 3.4 1.8 0,8 0.1 13.2
2003—2004 Kanzas shtati 31 419 45.6 43.5 86.7 2.4 1.3 0,7 0,0 13.5
2004—2005 Kanzas shtati 32 397 40.8 39.5 90,0 2.8 1.5 1.1 0.1 12.4
Faoliyati Kanzas shtati 121 1733 43.6 41.6 87.7 3.0 1.8 0,9 0.1 14.3

WNBAdagi faoliyati tahrir

Koehn Vashington Mystics jamoasi bilan 2005-yilda erkin agent sifatida shartnoma imzolagan.[5] 2009-yil 30-aprelda Koehn Pheonix Mercury jamoasi bilan oʻquv-mashgʻulot yigʻini shartnomasini imzoladi. 2009-yil 3-iyunda Koehn va yana 2 kishi isteʼfoga chiqdi. Professional faoliyatini kengaytirgan Lory 2010—2011-yilgi mavsumda Polshaning ayollar basketbol jamoasi Utex Rowda oʻynadi. Afsuski, jamoa mavsumni oʻn ikkinchi oʻrinda yakunladi. Biroq Koehn 14 o‘yinning barchasida yaxshi o‘ynadi. Har bir o‘yinda o‘rtacha 17,9 ochko to‘pladi va har bir o‘yinda o‘rtacha 36,4 daqiqa maydonda boʻldi.[6]

Klub tarixi tahrir

  • Jamoa(lar): Atlanta Dream Phoenix Mercury Washington Mystics (WNBA), Panküp TED Kayseri Kolejliler (Turkiya) (2008/2009), UTEX ROW Rybnik (Polsha) (2010/2011), Matizol Lider Pruszków (Polsha) (012/201)[7]

Murabbiylik faoliyati tahrir

2015-yil[8] iyul oyida Laurie Koehn Shimoliy Kolorado universiteti ayollar basketbol jamoasiga yordamchi murabbiy etib tayinlandi. 2018-yilning aprel oyida esa Vashington shtat universiteti ayollar basketbol jamoasi bosh murabbiyi yordamchisi etib tayinlandi.[9]

Havolalar tahrir

Manbalar tahrir

  1. „Laurie Koehn: Associate Head Coach“. WSUCougars.com. Qaraldi: 2021-yil 15-sentyabr.
  2. 132/135 3 points shouts YouTube video
  3. Fuller, Jim. „UConn's Mosqueda-Lewis sets NCAA 3-point record“. New Haven Register. Journal Register CT (2015-yil 30-mart). Qaraldi: 2015-yil 23-aprel.
  4. „NCAA® Career Statistics“. web1.ncaa.org. Qaraldi: 2016-yil 21-may.
  5. „Fourth Women's Junior World Championship Qualifying Team -- 2000“. USA Basketball (2010-yil 10-iyun). 2015-yil 12-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 20-oktyabr.
  6. „Mercury Signs Laurie Koehn“ (2009-yil 30-aprel). Qaraldi: 2014-yil 17-fevral.
  7. „Fourteenth Pan American Games -- 2003“. USA Basketball (2014-yil 20-fevral). 2015-yil 7-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 15-oktyabr.
  8. „Ethridge names Laurie Koehn as women's basketball associate head coach“. Qaraldi: 2018-yil 19-aprel.
  9. „Women's Basketball Adds Two New Assistants“. Qaraldi: 2015-yil 26-iyul.