Leandro Trossard ((talaffuzi: Liyondro Trossart) 1994-yil 4-dekabrida Belgiyaning Waterschei shahrida tugʻilgan) — Belgiyalik professional futbolchi, Premer liga vakili „Brighton & Hove Albion“ klubi va Belgiya terma jamoasi aʼzosi. Trossard „Genk“ yoshlar akademiyasi tarbiyalanuvchisi ham hisoblanadi.

Leandro Trossard
Trossard, Brighton & Hove Albion, 2022-yil
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Leandro Trossard[1]
Tavallud sanasi 4-dekabr 1994-yil (1994-12-04) (29 yosh)
Tavallud joyi Maasmechelen, Belgiya
Boʻyi 1.71 m[2]
Ampluasi Winger
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Brighton & Hove Albion
Raqami 11
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2012—2019-yillar Genk 83 (27)
2012—2013-yillarLommel United (loan) 12 (7)
2013—2014-yillarWesterlo (loan) 17 (3)
2014—2015-yillarLommel United (loan) 30 (16)
2015—2016-yillarOH Leuven (loan) 30 (8)
2019-yil Brighton & Hove Albion 113 (25)
Milliy terma jamoa
2010-yil Belgium U16 5 (0)
2010—2011-yillar Belgium U17 11 (0)
2011—2012-yillar Belgium U18 3 (0)
2012—2013-yillar Belgium U19 8 (0)
2016-yil Belgium U21 1 (0)
2020-yil Belgium 21 (5)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(5-noyabr uchun)

Klubdagi faoliyati tahrir

Genk tahrir

Trossard 2010-yilda „Bocholt“ akademiyasidan KRC Genk yoshlar akademiyasi tarkibiga qoʻshilgan. 2012-yilda kattalar jamoasi tarkibiga oʻtib,13-may kuni „KAA Gent“ ga 3:1 hisobida magʻlub boʻlgan oʻyinning 87-daqiqasida Steve Prters oʻrniga maydonga tushiriladi[3]. Bu daqiqalar Trossard uchun oʻsha mavsumda ligada oʻynagan yagona daqiqlari boʻlib qoladi. Bir necha mavsum davomida u doimiy ravishda ijara asosida boshqa jamoalarda yuradi.

2013-yilning yanvarida Trossard „Lommel United“ ga ijaraga berib yuboriladi. „Lommel“ jamoasi tarkibida 12 oʻyinida 7 ta gol kiritishga erishadi. Uning „Lommel“dagi debyut oʻyini 2013-yilning 3-fevralida „Sint-Truiden“ga qarshi safardagi oʻyinida boʻladi. Oʻsha oʻyinning 63-daqiqasida Tomas Jutten oʻrniga maydonga tushgan[4]. Oʻyinda „Lommel United“ jamoasi 1:0 hisobida magʻlubiyatga uchraydi. Aytish mumkinki, uning ijara davridagi eng ajoyib oʻyinlaridan birini „KFC Dessel Sport“ga qarshi (3:2) bahsda „Soeverein“ Stadionida 2000 muxlis qarshisida namoyish etadi. Trossard oʻsha oʻyinning 11, 60 (penaltidan) va 74-daqiqalarida gol urib xet-trikni amalga oshiradi va 88-daqiqada zaxiraga olinadi[5].

2013-yil iyul oyida Trossard KVC Westerloga ijaraga beriladi va 17 ta oʻyinda u 3 ta gol kiritishga erishadi. Debyut oʻyinini 2013-yilning 3-avgustida AFC Tubize bilan oʻyinda oʻtkazadi[6]. Jamoa tarkibidagi dastlabki golini esa 2013-yilning 9-avgustida sobiq jamoasi Lommel United ustidan mehmonda 0:2 hisobida gʻalaba qozonilgan oʻyinining 74-daqiqasida kiritadi[7].

2014-yilning iyulida Trossard yana Lommel Unitedga ijara asosida qaytib keladi. U liganing 33 oʻyinida 16 marta raqib darvozasini ishgʻol qilib, gol urishni davom ettiradi. 2015-yilning 22-martida Racing Mechelenni 6:0 hisobida magʻlub etgan oʻyinda „Lommel“ uchun oʻzining ikkinchi xet-trikiga erishadi. Uning gollari 33, 61 va 69-daqiqalarda kiritiladi[8]. Oʻsha mavsumda „Lommel“ning yuqori ligaga koʻtarilishiga atiga toʻqqiz ochko kamlik qiladi.

2015-yil iyul oyida Trossard bu safar „Leuven“ga ijaraga beriladi. „Luven“ tarkibida 30 ta oʻyinda u 8 ta gol kiritishga muvofiq boʻladi. Eng qizigʻi aynan Genk bilan 2015-yilning 25-iyulida safardagi oʻyinda „Luven“ tarkibida 61-daqiqada Johan Cruizet oʻrniga zaxiradan maydonga tushirilib dubyet oʻyinini oʻtkazadi va 3:1 hisobida magʻlubiyatga uchraydi[9]. Uning „Leuven“ tarkibidagi birinchi goli 2015-yilning 16-avgustida Charleroi SC jamoasi ustidan 2:0 hisobidagi gʻalaba qozonilgan oʻyinning 85-daqiqasida amalga oshiriladi. U yana zaxiradan 82-daqiqada Johan Cruizet oʻrniga maydonga tushiriladi va 85-daqiqada gol uradi[10].

Brighton & Hove Albion tahrir

2019-yil 26-iyun kuni Brighton & Hove Albion Mett Klark Portsmouth FC dan kelganidan soʻng, Trossard bilan toʻrt yillik shartnoma imzolaganini eʼlon qiladi[11]. Bu klubning 2019-yil yozidagi ikkinchi muhim xaridi boʻladi Trossard 17-avgust kuni Chagʻalaylar (Brighton & Hove Albionni muhlislar „The Seagulls“ yani „Chagʻalaylar“ deb atashadi) safida debyut qiladi va West Ham Unitedga qarshi oʻyinda hisobni tenglashtiradi[12]. Trossard 2019—2020-yilgi mavsumda Norwich Cityga qarshi oʻyinlarda ikkita gol uradi, birinchisi 2019-yil 2-noyabrda uydagi 2:0 hisobidagi gʻalabada va yana 2020-yilning 4-iyulida mehmonda 0:1 hisobidagi muhim gʻalabada Brighton & Hove Albionga quyi uchlikdan uzoqlashishga yordam beradi[13][14].

2021-yil 31-yanvar kuni Trossard Tottenham Hotspur ustidan 1:0 hisobida gʻalaba qozongan oʻyinda yagona golni uradi va Chagʻalaylarning APL 2020—2021-yilgi mavsumda mezbondagi ilk gʻalabasini qoʻlga kiritishga katta hissa qoʻshadi[15]. Trossard Brighton & Hove Albion tarkibida 3-fevral kuni Brighton & Hove Albionning amaldagi chempion Liverpool ustidan 0:1 hisobida gʻalaba qozongan oʻyinida 1982-yildan beri APL doirasida ilk bor Enfilddagi gʻalabasini qoʻlga kiritishda katta hissa qoʻshadi. Oʻsha oʻyinda Stiven Alzatning yagona goliga assistentlik qiladi[16]. 2021-yil 14-mart kuni Trossard chagʻalaylar bilan birga Sautgempton ustidan mehmonda 2:1 hisobida gʻalabaga erishadi va bu Brighton & Hove Albionning Premer-liga tarixidagi Sautgemton ustidan qozonilgan dastlabki gʻalabasini taʼminlaydi[17]. Brighton & Hove Albion 2021-yilning 18-may kuni APL doirasidagi Manchester Cityga qarshi baxsda 0:2 hisobida magʻlubiyatga uchrayotgan oʻyinida Trossardning 50-daqiqadagi golidan kiyin oʻziga xos qaytish (Come back)ni amalga oshiradi va yakunda Brighton & Hove Albion 3:2 hisobida gʻalaba qozonadi[18].

2021—2022-yilgi mavsumdagi ilk golini 11-sentabrda Premer-liganing yangi aʼzosi Brentfordga qarshi safar oʻyinning 90-daqiqasida kiritadi va bu oʻyin taqdirini hal qilgan golga aylanadi[19]. 2021-yil 27-sentabr kuni mavsumning birinchi janubiy london derbisi boʻlib oʻtadi. Unda Brighton & Hove Albion Kristal Pelasga qarshi maydonga tushadi. Oʻyinning 45+2-daqiqasida Trossardning Conor Gallagherga qarshi ishlatgan qoʻpolligidan keyin belgilangan penaltini Wilfried Zaha golga aylantirib birinchi boʻlimni 0-1 hisobida yakunlanishini taʼminlaydi. Biroq 90+5-daqiqada Neal Maupay hisobni tenglashtiruvchi golni urib, janubiy qirgʻoqqlik Chagʻalaylarga yana ochko olib keladi[20]. Trossard 30-oktabr kuni safarda Liverpool darvozasini ishgʻol qiladi. Oʻsha oʻyinda Brighton & Hove Albion 2:0 hisobida gʻalaba qozona turib, 2:2 hisobidagi durrangni qayt etadi[21]. 2022-yil aprel oyida Shimoliy Londoning Arsenali va Tottenhamiga qarshi oʻyinlarda ikkita gol uradi. 9-aprelda Arsenal 2:1 hisobida magʻlub etilgan bahsda hisobni ochuvchi golni oʻradi. Bir haftadan soʻng Tottenxem Hotspur stadionida 90-daqiqada gol kiritib „Tumanli Albion“ dagi 100-uchrashuvida gʻalaba qozonadi. Bu uning mavsumdagi oltinchi goli boʻldi va Chagʻalaylar safiga qoʻshilganidan keyin eng koʻp gol urgan mavsumiga aylandi[22][23][24]. 7-may kuni Manchester Unitedga qarshi oʻyinda (4:0) Trossard ikkita golga assistentlik qiladi va koʻkragi bilan gol uradi, bu gol VAR tomonidan potentsial qoʻl bilan oʻyin deb topiladi[25].

2022—2023-yilgi mavsumdagi birinchi golini esa 4-sentyabrda Leicester City ustidan 5:2 hisobida gʻalaba qozonilgan oʻyinida uradi[26]. 21-avgust kuni West Hamga qarshi oʻyinning 66-daqiqasida hisobni 2:0 koʻrinishiga keltiruvchi golni uradi. Oʻyin Brighton & Hove Albionning gʻalabasi bilan yakunlandi va bu West Ham ustidan qozonilgan gʻalabalarning ketma-ket 11-siga aylanadi[27]. 1-oktabr kuni esa navbatdagi oʻyinda Trossard Liverpoolga qarshi safarda (3:3) Premer-ligada xet-trik qayd etgan birinchi Brighton & Hove Albion futbolchisiga aylanadi. Uning birinchi boʻlimdagi dubli 2008-yil oktyabr oyida Wigan futbolchisi Amr Zakidan keyin Enfildda Liverpool darvozasiga birinchi boʻlimda ikkita gol urgan birinchi futbolchiga aylantiradi[28]. Trossardning xet-triki, uning Enfilddagi ikkita oʻyinida toʻrtta gol urganini ham anglatardi[21]. Trossard 22-oktabr kuni ikki karra amaldagi chempion Manchester Cityga safar oʻyinida klubdagi faoliyatida 100-golini urdi.[29]

Milliy terma jamoa tahrir

Trossard bir necha bor Belgiya terma jamoasiga chaqirilgan. Roberto Martinez uni birinchi marta 2018-yil sentyabrida Belgiya terma jamoasiga chaqiradi[30], bir oydan kiyin esa, Trossard jarohati tufayli safdan chiqadi[31], Trossard 2019-yil mart oyida yana zaxira oʻrindigʻida qoladi. 2020-yil 5-sentyabrda Millatlar ligasi doirasida Daniyaga qarshi safardagi oʻyinning 80-daqiqasida Dris Mertensni oʻrniga maydonga tushib terma jamoadagi debyutini amalga oshiradi debyut qilgan[32]. Trossard oʻzining xalqaro maydondagi ilk golini 2021-yilning 30-martida boʻlib oʻtgan JCh-2022 saralashida Belarussiya termajamoasi 8:0 hisobida magʻlub etilgan oʻyinda oʻz mamlakati uchun birinchi golini kiritadi[33].

Trossard Belgiyaning Evro-2020 uchun 26 kishilik tarkibiga 2021-yil 17-may kuni kiritiladi. Turnir Koronavirus tufayli keyingi yilga qoldirilgani sababli 2021-yil yozida boʻlib oʻtadi[34][35]. 21-iyun kuni Finlandiyaga qarshi Belgiya terma jamoasi bilan guruh bosqichidagi soʻnggi oʻyinida ilk bor maydonga tushadi. Sankt-Peterburgdagi Krestovskiy stadionida kechgan uchrashuvning 75-daqiqasida Trossard oʻrniga Tomas Meunier maydonga tushadi va B guruhida Belgiya terma jamoasi eng yuqori pogʻonadan joy oladi[36]. Bu uning yagona oʻyini boʻlib qoldi, chunki Belgiya 2-iyul kuni Myunxendagi Allianz Arenada chorak finalda Italiyadan 2:1 hisobida magʻlubiyatga uchradi[37].

2021-yil oktabr oyida Trossard Belgiya terma jamoasining Italiyada boʻlib oʻtadigan UEFA Millatlar Ligasi final bosqichida ishtirok etgandi[38]. U ikkita oʻyinida maydonga zaxiradan tushadi. Belgiya yarim finalda Fransiyaga magʻlub boʻladi va uchinchi oʻrin uchun oʻyinda yana Italiyaga yutqazib, toʻrtinchi oʻrinni egallaydi[39][40].

2022-yil 29-mart kuni Burkina-Fasoga qarshi oʻz uyida oʻtkazilgan xalqaro oʻrtoqlik oʻyinida Trossard mamlakat milliy terma jamoasi libosidagi uchinchi golini uradi va Hans Vanaken va Kristian Bentekening gollariga assistentlik qiladi[41]. 8-iyun kuni u UEFA Millatlar Ligasi doirasida Polshani 6:1 hisobida magʻlub etgan oʻyinda ikkinchi dublini qayt etadi[42].

Faoliyat statistikasi tahrir

Klub tahrir

2022-yil 5-noyabirgacha bo'lgan o'yinlar[43]
Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha Oʻyinlar va gollar
Klub Mavsum Ligalar Xalqaro

turnir

Liga kubik Yevropa Boshqa Jami
Division Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Goals Oʻyin Gol Oʻyin Gol
Genk 2011—2012-yilgi Belgian Pro League 1 0 0 0 0 0 1 0
2012—2013-yilgi Belgian Pro League 0 0 1 0 0 0 1 0
2013—2014-yilgi Belgian Pro League 0 0 0 0 0 0 0 0
2014—2015-yilgi Belgian Pro League 0 0 0 0 0 0
2015—2016-yilgi Belgian Pro League 0 0 0 0 0 0
2016—2017-yilgi Belgian First Division A 31 6 5 0 16[lower-alpha 1] 3 52 9
2017—2018-yilgi Belgian First Division A 17 7 2 1 19 8
2018—2019-yilgi Belgian First Division A 34 14 2 0 11[lower-alpha 1] 8 47 22
Total 83 27 10 1 27 11 0 0 120 39
Lommel United (ijarada) 2012—2013-yilgi Belgian Second Division 12 7 0 0 12 7
Westerlo (ijarada) 2013—2014-yilgi Belgian Second Division 17 3 4 2 21 5
Lommel United (ijarada) 2014—2015-yilgi Belgian Second Division 30 16 3 0 6[lower-alpha 2] 1 39 17
OH Leuven (ijarada) 2015—2016-yilgi Belgian Pro League 30 8 1 0 31 8
Brighton & Hove Albion 2019—2020-yilgi Premier League 31 5 0 0 0 0 31 5
2020—2021-yilgi Premier League 35 5 3 0 1 0 38 5
2021—2022-yilgi Premier League 34 8 1 0 0 0 35 8
2022—2023-yilgi Premier League 13 7 0 0 0 0 13 7
Total 113 25 4 0 1 0 0 0 0 0 117 25
Career total 307 84 21 3 1 0 27 11 6 1 355 101
  1. 1,0 1,1 Appearances in UEFA Europa League
  2. Appearances in Pro League promotion play-offs

Xalqaro maydonda tahrir

2022-yil 25-sentyabrgacha bo'lgan o'yinlar
Terma jamoa va yil boʻyicha oʻyinlar va gollar
Milliy terma jamoa Yil oʻyin gol
Belgiya
2020-yil 3 0
2021-yil 11 2
2022-yil 7 3
Jami 21 5
2022-yil 25-sentabrda boʻlib oʻtgan oʻyin holatiga koʻra. Belgiya hisobi birinchi boʻlib koʻrsatilgan, hisoblar ustuni Trossardning har bir golidan keyin hisobni koʻrsatadi.
Leandro Trossard tomonidan kiritilgan xalqaro gollar roʻyxati
Yoʻq. Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa Havolalar
1 2021-yil 30-mart Den Dreef, Leuven, Belgiya   Belarus 3-0 8-0 FIFA 2022-yilgi Jahon chempionati saralashi [44]
2 7-0
3 2022-yil 29-mart Constant Vanden Stock Stadium, Bryussel, Belgiya   Burkina Faso 2-0 3-0 Oʻrtoqlik Oʻyini [45]
4 2022-yil 8-iyun King Boduin stadioni, Bryussel, Belgiya   Polsha 3-1 6-1 UEFA 2022—2023-yilgi Millatlar ligasi A [46]
5 4-1

Yutuqlar tahrir

Genk
  • 2018—2019-yilgi mavsumda Belgiya birinchi divizioni A chempioni
  • 2012—2013-yilgi mavsumda Belgiya kubogi sohibi; Westerlo
  • 2013—2014-yilgi mavsumda Belgiya ikkinchi divizioni chempioni

Manbalar tahrir

  1. „Updated squad lists for 2021/22 Premier League“. Premier League (4-fevral 2022-yil). Qaraldi: 18-fevral 2022-yil.
  2. „Leandro Trossard: Overview“. Premier League. Qaraldi: 11-avgust 2022-yil.
  3. „Gent vs. Genk - 13 May 2012 - Soccerway“. us.soccerway.com.
  4. „Sint-Truiden vs. Lommel - 3 February 2013 - Soccerway“. us.soccerway.com.
  5. „Lommel vs. Dessel Sport - 9 March 2013 - Soccerway“. us.soccerway.com.
  6. „Westerlo vs. Tubize - 3 August 2013 - Soccerway“. us.soccerway.com.
  7. „Lommel vs. Westerlo - 9 August 2013 - Soccerway“. us.soccerway.com.
  8. „Racing Mechelen vs. Lommel - 22 March 2015 - Soccerway“. us.soccerway.com.
  9. „Genk vs. OH Leuven - 25 July 2015 - Soccerway“. us.soccerway.com.
  10. „OH Leuven vs. Sporting Charleroi - 16 August 2015 - Soccerway“. us.soccerway.com.
  11. „Brighton sign Trossard from Genk“.
  12. „Brighton 1–1 West Ham: Leandro Trossard shines as Seagulls are held - BBC Sport“. BBC Sport (17-avgust 2019-yil). Qaraldi: 17-avgust 2019-yil.
  13. „Brighton & Hove Albion 2-0 Norwich City - BBC Sport“. BBC Sport (2-noyabr 2019-yil). Qaraldi: 9-iyul 2020-yil.
  14. „Norwich City 0-1 Brighton & Hove Albion: Leandro Trossard hits winner at Carrow Road - BBC Sport“. BBC Sport (4-iyul 2020-yil). Qaraldi: 9-iyul 2020-yil.
  15. „Brighton 1-0 Tottenham: Graham Potter says performance was best for two years“. BBC Sport (31-yanvar 2021-yil). Qaraldi: 31-yanvar 2021-yil.
  16. Bysouth, Alex. „Liverpool 0-1 Brighton & Hove Albion: Steven Alzate scores in shock win“. BBC Sport (3-fevral 2021-yil). Qaraldi: 3-fevral 2021-yil.
  17. Beardmore, Michael. „Southampton 1-2 Brighton & Hove Albion: Leandro Trossard strike settles south coast derby“. BBC Sport (14-mart 2021-yil). Qaraldi: 14-mart 2021-yil.
  18. „Brighton 3-2 Man City: Albion come back from two down to beat 10-man champions - BBC Sport“. BBC Sport (18-may 2021-yil). Qaraldi: 18-may 2021-yil.
  19. „Brentford 0-1 Brighton: Leandro Trossard scores last-minute winner for Seagulls - BBC Sport“. BBC Sport (11-sentabr 2021-yil). Qaraldi: 11-sentabr 2021-yil.
  20. „Crystal Palace 1-1 Brighton & Hove Albion: Neal Maupay scores dramatic equaliser - BBC Sport“. BBC Sport (27-sentabr 2021-yil). Qaraldi: 27-sentabr 2021-yil.
  21. 21,0 21,1 „Liverpool 2-2 Brighton & Hove Albion: Reds held after stirring Brighton fightback - BBC Sport“. BBC Sport (30-oktabr 2021-yil). Qaraldi: 30-oktabr 2021-yil.
  22. „Arsenal 1-2 Brighton: Gunners boss Mikel Arteta 'concerned' by performance in home defeat - BBC Sport“. BBC Sport (9-aprel 2022-yil). Qaraldi: 16-aprel 2022-yil.
  23. „Tottenham Hotspur 0-1 Brighton: Late Trossard goal stuns sluggish Spurs - BBC Sport“. BBC Sport (16-aprel 2022-yil). Qaraldi: 16-aprel 2022-yil.
  24. „Trossard sinks Spurs in Albion late show“. Brighton & Hove Albion (16-aprel 2022-yil). Qaraldi: 16-aprel 2022-yil.
  25. „Brighton 4-0 Manchester United: Big defeat ends United's Champions League hopes - BBC Sport“. BBC Sport (7-may 2022-yil). Qaraldi: 7-may 2022-yil.
  26. „Brighton 5-2 Leicester: Graham Potter's side maintain excellent start to Premier League season - BBC Sport“. BBC Sport Sport (4-sentabr 2022-yil). Qaraldi: 4-sentabr 2022-yil.
  27. Mann. „West Ham 0-2 Brighton & Hove Albion: David Moyes 'concerned' by toothless start“. BBC Sport (21-avgust 2022-yil). Qaraldi: 3-sentabr 2022-yil.
  28. „Liverpool 3-3 Brighton: Leandro Trossard scores hat-trick to deny Reds victory - BBC Sport“. BBC Sport (1-oktabr 2022-yil). Qaraldi: 1-oktabr 2022-yil.
  29. „Manchester City 3-1 Brighton: Erling Haaland scores twice - BBC Sport“. BBC Sport (22-oktabr 2022-yil). Qaraldi: 22-oktabr 2022-yil.
  30. „Vanaken, Verstraete, Castagne en Trossard nieuw bij de Rode Duivels“. sporza (31-avgust 2018-yil). Qaraldi: 13-oktabr 2018-yil. [sayt ishlamaydi]
  31. „Trossard wordt niet geopereerd, "maar is wel enkele weken out"“ (niderlandcha). Sporza (5-oktabr 2018-yil). Qaraldi: 11-oktabr 2018-yil.[sayt ishlamaydi]
  32. „Denmark v Belgium game report“. UEFA (5-sentabr 2020-yil).
  33. „Belgium 8-0 Belarus: Leandro Trossard scores twice in crushing win“. BBC Sport. BBC Sport. Qaraldi: 30-mart 2021-yil.
  34. „Selection of the Red Devils for EURO 2020 has been announced“. Royal Belgian FA. BBC Sport. Qaraldi: 19-may 2021-yil.
  35. „Resolution of the European football family on a coordinated response to the impact of the COVID-19 on competitions“. UEFA.com. Union of European Football Associations (17-mart 2020-yil). Qaraldi: 17-mart 2020-yil.
  36. „Finland 0-2 Belgium: Romelu Lukaku strike secures top spot in Group B - BBC Sport“. BBC Sport (21-iyun 2021-yil). Qaraldi: 30-iyun 2021-yil.
  37. Begley, Emlyn. „Italy edge Belgium to set up Spain semi“. BBC Sport (2-iyul 2021-yil). Qaraldi: 2-iyul 2021-yil.
  38. „Albion players in international action“. Brighton & Hove Albion (6-oktabr 2021-yil). Qaraldi: 10-oktabr 2021-yil.
  39. „Nations League: Belgium 2-3 France: Benzema, Mbappe, Hernandez score - BBC Sport“. BBC Sport (7-oktabr 2021-yil). Qaraldi: 10-oktabr 2021-yil.
  40. „Nations League - Italy beat Belgium to claim third - BBC Sport“. BBC Sport (10-oktabr 2021-yil). Qaraldi: 10-oktabr 2021-yil.
  41. „Belgium 3-0 Burkina Faso“ (inglizcha). BBC Sport (29-mart 2022-yil). Qaraldi: 29-mart 2022-yil.
  42. „Belgium-Poland - UEFA Nations League 2023 - UEFA.com“. UEFA (2022-yil 8-iyun). Qaraldi: 8-iyun 2022-yil.
  43. Leandro Trossard Soccerway saytida
  44. „Belgium 8–0 Belarus: Leandro Trossard scores twice in crushing win“. BBC Sport (30-mart 2021-yil). Qaraldi: 30-mart 2021-yil.
  45. „Belgium 3–0 Burkina Faso: Trossard and Benteke on target in friendly win“. BBC Sport (2022-yil 29-mart). Qaraldi: 29-mart 2022-yil.
  46. „Belgium-Poland - UEFA Nations League 2023“. UEFA (2022-yil 8-iyun). Qaraldi: 8-iyun 2022-yil.

Havolalar tahrir