Lend-liz (ing. lend — qarz berish, lease — ijaraga topshirish) — qurol-yarogʻ, oʻqdori, strategik xom ashyo, oziq-ovqat va shahrik.ni berish (qarzga yoki ijaraga) tartibi; Lend-liz asosida AQSH Ikkinchi jahon urushi davrida gitlerchilarga karshi koalitsiya boʻyicha ittifoqchilarga yuqoridagilarni yetkazib berib turgan. Lend-liz toʻgʻrisidagi qonun 1941-yil 11-martda AQSH kongressida kabul qilingan. Lend-liz boʻyicha AQShning harajatlari ana shu kundan 1945-yil 1-avgustgacha 46 mlrd. dollarga yetgan. Oʻz navbatida, AQSH ham urush yillari Lend-liz boʻyicha bergan mahsulotlari hisobiga ittifoq davlatlardan 7,3 mlrd. dollarlik turli mahsulotlar olgan. Lend-liz boʻyicha mol yetkazib berish urush yillarida AQShda ishlab chiqarishni sezilarli darajada kengaytirishga olib keldi[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil