Leoš Janáček
Leoš Janáček (talaffuzi: Leosh Yanachek; 1854.3.7, Moraviya, Gukvaldi — 1928.12.8, Ostrava) — chex kompozitori, folklorshunos, dirijyor, musiqa jamoat arbobi, pedagog. Chexiya FAakad. (1912). XX asr musiqa (opera) sanʼatining yirik namoyandasi. Pragadagi Organ maktabi, Leypsig va Vena konservatoriyalarida taʼlim olgan (1874—80). Brnoda Organ maktabini tashkil qilgan, shu yerda professor va direktor (1881 yildan). Ya. 40 yil davomida moravan xalq qoʻshiqlarini toʻplab, minglab namunalarini nashr etgan va oʻrgangan, chex folkloristikasiga asos solgan ("Moravan xalq qoʻshiqlarining musiqiy xususiyatlari", 1901 va boshqalar). XX asr milliy kompozitorlik maktabi asoschisi boʻlgan Ya.ijodida chex va moravan xalqlar musiqa anʼanalari hamda zamonaviy musiqa uslublari uygʻunlashgan. 9 opera ("Uning oʻgay qizi", 1903; "Katya Kabanova", 1921; "Ayyor tulkicha sarguzashtlari", 1923; "Makropulos giyohi", 1925 va boshqalar), "Glagolik messa" oratoriyasi va diniy mavzudagi kantatalar, "Simfoniyetta" va boshqalar simfonik asarlar, kamer ansambllar, vokal turkumlar va boshqalar muallifi. Brnodagi opera teatri hamda Nafis sanʼatlar akademiyasiga Ya. nomi berilgan. 1948 yildan Brnoda Ya. ijodiga bagʻishlangan musiqa festivali oʻtkazilmoqda.
Leoš Janáček | |
---|---|
Tavalludi | 3-iyul 1854[1][2][3][4][5] |
Vafoti | 12-avgust 1928[6][1][2][3][4][5] |
Fuqaroligi | Avstriya imperiyasi va Chexoslovakiya |
Otasi | Jiří Janáček |
Onasi | Amálie Janáčková |
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 (unspecified title)
- ↑ 2,0 2,1 (unspecified title)
- ↑ 3,0 3,1 (unspecified title)
- ↑ 4,0 4,1 (unspecified title)
- ↑ // (unspecified title)
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |